Namangan davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i Akbarov Rahmatillo Murtozali o‘g‘li haqida ma’lumot


Download 27 Kb.
Sana10.09.2023
Hajmi27 Kb.
#1675325
Bog'liq
Akbarov R. Tavsifnoma


Namangan davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i
Akbarov Rahmatillo Murtozali o‘g‘li haqida
MA’LUMOT
Akbarov Rahmatillo Murtozali o‘g‘li 2023-yil 11-yanvarda Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilingan. U faoliyati davomida quyidagi natijalarga erishgan.
Xususan, institutdagi iqtidorli talabalarga ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan seminar-treninglar, mahorat darslari o‘tish, ularni ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.
Uning tashabbusi bilan instititda talabalar uchun “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etildi.
Uning ko‘magi bilan institutning 158 nafar talabasi o‘quv yili yakuniga qadar 260 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirdi. 6 nafar talabaning uslubiy ko‘rsatmasi “Lambert Academic Publishing” hamda “Globe edit” kabi xalqaro nashriyotlarda nashrdan chiqdi.
2023-yil aprel oyida Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinflari o‘rtasida o‘tkazilgan “NamDPI olimpiadasi”ni o‘tkazishda tashkilotchi vazifasini bajardi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i Akbarov Rahmatillo faoliyati davomida professional bilim va tajribaga, tashkilotchilik, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Rektor v.v.b. M.R.Qodirxonov
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling