Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Analizatorlar va ularning bosh miya po’stlog’idagi joylashuvi


Download 1.53 Mb.
bet6/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Analizatorlar va ularning bosh miya po’stlog’idagi joylashuvi


    1. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Yosh psixologiyasining fan sifatida shakllanishi
Yosh psixologiyasining mustaqil fan sifati­da shakllanishiga muayyan bir ilmiy-nazariy va ijtimoiy omillar hamda shart-sharoitlar zamin yaratib bergan.

  • Ch.Darvin yaratgan evolyutsion ta`limotning barcha fanlar negiziga kirib borganligi, odam psixikasini tabiiy rivojlanish zamirida o’rganish zarurati;

  • Umumpsixologik qonuniyatlarning turli yosh davrlariga mansub kishilar hayoti va faoliyati, psixik taraqqiyotinini aniqlash uchun yetarli emasligi;

  • Yosh psixologiyasi odamning ontogenetik taraqqiyoti (odam-ning tug’ilganidan to umrining oxirigacha bo’lgan rivojlanish davri) uchun ilmiy-uslubiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi tan olinganligi;

  • Tibbiyot fani va undagi tarmoqlar(psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, patopsixologiya, neyropsixologiya v.b.)ning rivojlanishi, tibbiyot va psixologiya sohalarida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi;

  • Yuridik psixologiya sohalari(sud psixologiyasi, psixokriminalistika, voyaga yetmaganlar psixologiyasi va b.)ning jamiyat hayotida sezilarli o’rin egallashi va huquq tizimi bilan o’zaro hamkorlikning kuchayib borishi;

  • Amaliy psixologiyannng jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga keng miqyosda kirib borishi va o’z o’rnini topishi (psixologik maslahatlar, ijtimoiy-psixologik so’rovnomalar va treninglarga bo’lgan talabning ortishi).

Yurtimizda olib borilayotgan keng kolamdagi islohotlar zamirida, avvalo, bolalar salomatligi, ularning jismonan va ruhan yetuk bo’lib voyaga yetishlari maqsadi mujassamdir, o’sib, ulg’ayib kelayotgan yoshlarni jismonan sog`lom va aqlan yetuk qilib voyaga yetkazishda oila psixologiyasi fanining o’rni beqiyosdir.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqat-e`tiborini qaratgan edilar. Jamiyatda yetuk kadr bo’lish uchun shaxs nafaqat o’z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatning turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo’lishi, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning, odamlar bilan turli jamoalarda ishlash, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishga oid ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni mukammal egallashi zarur bo’ladi.
Boshqaruv psixologiyasi, marketing xizmatlarining ta’lim va tarbiya sohalarida qo’llanilishi – jamiyatda sog’lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi, shu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va shaxslararo munosabatlarning shakllanishini, shaxsning o’ziga va boshqalarga ta’sir etish usullarinio’rganish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Dunyo miqyosidagi global o’zgarishlarning ayrim salbiy jihatlari tufayli yuzaga kelgan millatlararo adovat va milliy etnotsenrizmning o’ziga xos ko’rinishi borasida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarida juda teran fikrlarni bayon etganlar: “O’zbekiston aholisining, ko’p millatliligi o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o’sishi bilan chambarchas bog’liq xolda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo’r kuch bo’lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”.2
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo’lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning tili, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi, shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo’lmog’i kerak.”3.
Mustaqil yurtimizda millatlararo va elatlar orasidagi o’zaro aloqalarga doir muammolari strategik ahamiyatga ega bo’lib, bu o’z navbatida etnopsixologlar oldiga millatlararo do’stlikni va o’zaro hamjihatlikni kuchaytirish, yurtimizda tinchlik va totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo’shish vazifasini qo’yadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag’rikenglik mustahkam qaror topdi, kattalarga hurmat, mehr-oqibat tuyg’ulari insonlar qalbidan chuqur joy egalladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko’proq kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o’rtacha yoshi 1990 yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o’rtasida 75,8 yoshga yetdi. Ayni paytda yurtimizda 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan tabarruk otaxon va onaxonlar istiqomat qilishadi. Inson organizmining keksayib borishiga ko’ra ruhiy xolatlar va jarayonlardagi o’zgarishlarni psixogerontologiya sohasi tadqiq etadi.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi, 36-40 yoshdan 55(60) yoshlargacha bo’lgan erkak va ayollarni o’z ichiga oladi, mazkur davrda o’z faoliyatini qaytadan baholashda o’z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo’ladi, ushbu davrgacha mehnat faoliyatida miqdor asosiy o’rin egallagan bo’lsa, endi mehnat faoliyati mahsulining sifat farajasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy turmush, kasb va ijtimoiy hayot, yashashdan maqsad, insonning qadr-qimmati, tevarak-atrofga, o’ziga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar, turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan munosabatda bo’ladilar, har bir narsaning nozik jihatlari yoki salbiy oqibatlari haqida o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar.
Hayotda qo’ldan boy bergan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar, ularda yetti o’lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg’usini vujudga keltiradi, bu yoshdagi kishilar, umrning biror daqiqasining behuda o’tishiga achinadilar, yoshlik yillarida yo’qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to’ldirishga intiladilar.
Umuman olganda, jamiyatning barcha sohalarida rivojlanish psixologiyasiga taaluqli nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi davrimizning muhim talabidir.


    1. Download 1.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling