Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Bolaning psixik rivojlanishiga ikkita asosiy omil o’z ta`sirini ko’rsatadi


Download 1.53 Mb.
bet24/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Bolaning psixik rivojlanishiga ikkita asosiy omil o’z ta`sirini ko’rsatadi:

  • biologik(tabiiy);

  • ijtimoiy muxit(hayot sharoiti, ta`lim va tarbiya);

Eng asosiy biologik omil sifatida irsiyat nazarda tutiladi.
Bola qanday irsiy belgilar bilan tug’iladi?

  • odamga xos bolgan bosh miyaning tuzilishi va nerv tizimi;

  • odamlar uchun umumiy bo’lgan jismoniy belgilar, sezgi va harakat organlari(tik gavda tuzilishi, tashqi olamni bilish va unga ta`sir ko’rsatish orgali bo’lgan qo’lning tuzilishi);

  • nutq apparatining odamga xos bo’lgan shakli va tuzilishi;

  • odam asab tizimining anatomik va fiziologik tuzilishi.

Irsiy belgilar jamlanmasi – genofond, qobiliyat nishonalari(kurtaklari) deb ham yuritiladi, ular asosida umumiy va maxsus qobiliyatlar rivojlanadi.
Nasliy xususiyatlarning ahamiyati to’grisida, o’z davrida rus ma`rifatparvar-pedagogi V.G.Belinskiy ham o’z fikrini bildirib o’tgan. V.G.Belinskiy, XVII asrda yashab o’tgan angliyalik faylasuf Djon Lokkning “... bola tug’ilganda xuddi ishlov berilmagan taxtaga o’xshaydi...”(tabula rasa) degan o’xshatishiga qarshi chiqadi va buni quyidagicha izohlaydi: “... taxtaga bitiladigan hayot yozuvlarining ma`nosi va sifati, faqat yozuvchi va yozuv quroliga bog’liq emas, balki taxtaning o’zining sifatiga ham taaluqlidir...”.7
Irsiyat(nasliy xususiyatlar)ning moddiy asosi – DNK(dezoksiribonukleyin kislotasi) xisoblanadi, aynan u xujayradagi genetik axborotni saqlash va yetkazib berish fuksiyasini bajaradi. Genlar – barqaror tuzilmalar bo’lib, ular ichki sabablar va tashqi qo’zg’atuvchilar ta`siriga nisbatan chidamli bo’lishadi.
Shuni ta`kidlash o’rinliki, bola tug’ilganidagi hamma belgilarni faqat irsiyat orqali izohlash ham nojoizdir. Boladagi ayrim tug’ma xususiyatlar va ularning belgilari, homiladorlik davrida orttirilgan bo’lishi ham mumkin.
Onaning xomiladorlik davridagi jismoniy va ruhiy xolati, turmush tarzi, ruhiy iztiroblari, noto’g’ri qo’llangan dori-darmon vositalari ayrim analizatorlar faoliyatida muayyan bir o’zgarishlarni yuzaga keltiradi, bu esa o’z navbatida bolaning ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatishi mumkin.
Biologik omil juda katta ahamiyatga ega, lekin tabiiy xususiyatlar bola ruhiy taraqqiyotini to’la belgilab bera olmaydi, shaxs sifaida ulg’ayish, komillikka erishish uchun odam bo’lib tug’ilishning o’zi kifoya qilmaydi.
Shaxsga xos bo’lgan psixik xususiyatlar, shaxsning ma`naviy qiyofasi, ahloqiy sifatlari to’laqonli ravishda nasldan-naslga o’tmaydi, odam faqat ijtimoiy muxitning hal qilivchi ta`siri ostdagina shaxs sifatida shakllanadi.
Umuman olganda muxit, psixik taraqqiyot omili sifatida – murakkab va keng qamrovli tushuncha xisoblanadi. Bolaning psixik taraqqiyotiga tabiiy muxit ham muayyan tarzda o’z ta`sirini ko’rsatadi:

  • havo, suv, quyosh;

  • tortishish kuchlari, elektromagnit maydonlari;

  • tabiat va o’simliklar dunyosi, iqlim sharoitlari;

Bola psixik taraqqiyotining asosiy sharti – uning kishilik jamiyatidagi hayotidir. Faqat odamlar bilan o’zaro muloqot jarayonidagina bola insonga xos xulq-atvorni o’rganadi, maishiy hayot va mehnat predmetlari bilan muomala qilishni o’zlashtiradi, nutqni egallaydi; katta avlod vakillari asrlar davomida to’plangan madaniy-ma`rifiy qadriyatlar va ahloq mey`orlarini yetkazib beradilar.
“..Jamiyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti mobaynida kishilar tomonidan yaratilgan narsalar va xodisalarni egallash jarayoni, - deya ta`kidlaydi A.N.Leontyev, - aynan shunday jarayon-ki, unda indibidda faqat odamga xos bo’lgan qobiliyatlar va funksiyalarning shakllanishi yuz beradi...”8
Bolaning rivojlanishi uni o'rab turgan muxit yoki mikromuxit (oila, ota-ona, tengdoshlar, qarinloshlar, qo'shnilar), keng ma`noda olganda ijtimoiy muxit(makromuxit), hayotiy vaziyatlar, turli-tuman ommaviy axborot vositalari ko’magi va bilvosita ta`siri ostida kechadi.
Xorij va sobiq ittifoq psixologiya maktabi vakillarining psixik taraqqiyot muammolariga doir qarashlari o’rtasidagi farqlar:




Xorij psixologiya maktabi:
S.Хоll, U.Shtern, Z.Freyd,
J. Piaje, E.Erikson

Sobiq ittifoq psixologiya maktabi:
P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, А.N.Leontyev, D.B.Elkonin

Rivojlanishning borishi

Yakkalik(individuallik)dan
to ijtimoiylikkacha (ijtimoiylashuv)

Ijtimoiydan yakkalik(individuallik)ka
(oliy psixik funksiyalarning rivojlanish qonuni)

Shart-sharoitlari

Irsiyat va muxit

Miyaning morfologik-fiziologik xususiyatlari va muloqot

Manbalar

Individning ichki olamida: uning tabiatida

Individdan tashqarida: muxit

Rivojlanish shakli

Moslashish

Egallash(o’zlashtirish)

Rivojlanishning o’ziga xosligi

Rekapitulyatsiya konsepsiyasining turli
Shakllari

Rivojlanish biologik qonunlarga emas, ijtimoiy-tarixiy qonunlarga bo’ysunadi

Rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari

Ikkita omil
Konvergensiyasi

Ta`lim, faoliyat

Mazkur bobni yakunlash davomida xulosa qilib aytish mumkinki, psixik rivojlanish va ushbu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar orasidagi o’zaro munosabatni aniqlash, rivojlanish psixologiyasi fanining eng muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Bolaning shaxs sifatida psixik rivojlanishi va shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jiхatdan ta'sir ko’rsatishning zarur shartidir.
Ma'lumki, odam shaxs sifatida muayyan bir faoliyat turini egallash orqali voyaga yetadi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo’ladi. Agar хayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muхitga moslashib hayot kechirsalar, odam dastlab tashqi tabiiy muхitga moslashadi, so’ngra unga faol ta`sir ko’rsatib, uni o’z irodasiga bo’ysundiradi hamda o’z ehtiyojlarini qondirish uchun o’zgartiradi.
Kuzatishlar davomida shu narsa ma'lum bo’ldi-ki, odamdagi tug’ma, irsiy alomatlar uning psixik rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi, biroq uning mazmunini to’la ravishda belgilab bera olmaydi. Ta'kidlash zarurki, bolani o’rab turgan tashqi ijtimoiy muхit, uning psixik taraqqiyotida hal qiluvchi o’rinni egallaydi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling