Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet2/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

KBK:

88.2

A -

39



Taqrizchilar:
M.A.Maxsudova - NamDU, psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi.

M.S.Nishanov – NamDU, pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi,


Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 07-dekabrdagi “648”-buyrug’iga asosan 648-021 raqam bilan ro’yhatga olingan va nashr etishga ruhsat berilgan.

KIRISH
Mamlakatimizda so’nggi yiillarda amalga oshirilgan keng ko’lamdagi islohotlar va yangilanishlar erkin fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, millatlararo xavfsizlik, jamiyatimizdagi qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muxitini ta`minlash uchun muhim poydevor vazifasini o’tab berdi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zamin yaratdi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning sifatini oshirish, turli sohalarga kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e`tibor qaratildi: “...Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi. Yana bir muammoni hal etish muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur..”1 ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Haqiqatan ham, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va yangilanishlar, eng avvalo, odamlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarning oqilona yechimini topib xalqimizning o’z turmushidan mamnun bo’lib yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratishga, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g’oyaning hayot bilan hamnafas ekanligini ta`minlashga xizmat qilmoqda. 2017 yilning, 7 fevral sanasida mamlakatimiz Prezidentining O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.
“Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” o’quv qo’llanmasi yosh davrlari, pedagogik psixologiya fanlari negizida tayyorlangan bo’lib, bolaning kamol topishi, ruhiy taraqqiyotini o’rganishga doir ilmiy nazariyalar, bolaning shaxs sifatida ulg’ayib borish shart-sharoitlari tahlilini o’z ichiga oladi.
O’quv qo’llanmaning dastlabki boblarida yosh psixologiyasining vujudga kelish tarixi, uning fan sifatida shakllanishi, tamoyillari, bolaning psixik taraqqiyoti, yosh psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari har tomonlama yoritilgan, so’ngra fanning ilmiy-tadqiqot metodlari tavsifi berilgan.
Keyingi boblar psixik rivojlanishni har-hil nuqtai-nazardan o’rgangan turli oqimlar va yo’nalishlarga bag’ishlangan bo’lib, psixoanaliz asoschisi Z.Freyd, bixeviorizm yo’nalishining yirik vakili Djon Uotsonning qarashlari, Eriksonning shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy nazariyasi, bolaning psixik taraqqiyotini ijtimoiy muxit va undagi shart-sharoitlar belgilashini aks ettiruvchi nazariyalar, bolaning intellektual rivojlanishini tadqiq etgan Jan Piaje g’oyalari tahlil etilgan.
Shuningdek, qollanmadan ruhiy taraqqiyot va ta`lim sohasini o’rganish bo’yicha ma`lumotlar, ta`lim va tarbiya xususida sharq mutafakkirlarining fikrlari, ruhiy taraqqiyotga ta`sir etuvchi omillar va yosh davrlarini tasniflashga oid nazariyalar, yosh davrlarining qisqacha tavsifi o’rin olgan.
“Rivojlanish psixologiyasi” o’quv qo’llanmasidagi ilmiy-nazariy ma`lumotlar rasmlar, chizmalar, lavhalar va tasvirli ilovalar orqali yanada boyitilgan, tayanch iboralar va mavzuga oid test savollari orqali mustahkamlangan.
Mazkur o`quv qollanmadan ilmiy-nazariy manba sifatida o’qituvchilar, talabalar, psixologlar, ushbu sohada amaliy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling