Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Yosh psixologiyasining amaliy vazifalari
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Rivojlanish psixologiyasining metodlari
Yosh psixologiyasining amaliy vazifalari:
1. Psixik funksiyalarning yosh me`yorlarini belgilash, odamning ruhiy zahiralari va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash; 2. Bolalarning psixik rivojlanishi, ruhan sog’lomligini tizimli nazorat qilish xizmatini yaratish, muammoli vaziyatlarda ota-onalarga yordam ko’rsatish; 3. Yoshga ko’ra va klinik tahlilirga asosan tashxis qo’yish; 4. Inson hayotining inqirozli davrlarida ruhiy ko’mak berish va amaliy yordam ko’rsatish; 5. O’quv jarayonini eng maqbul(optimal) tarzda tashkil etish, uzluksiz ta`lim tizimiga e`tiborni kuchaytirish. “…Uzoq yillar oldin, koinotdagi bir planetada odamlar paydo bo‘lgan, shundan so‘ng bu tirik mavjudotlar o‘zlari va boshqalarga qiziqadigan bo‘lishdi: “Biz kimmiz?” Bizning fikrlarimizni nima ishlab chiqaradi? Bizning hissiyotlarimizchi? Bizning harakatlarimizchi? Biz atrofni qanday tushuna olamiz va boshqaramiz…4 Rivojlanish psixologiyasi fanining bugungi kundagi vazifalari, uning faoliyat sohasini yanada kengaytirdi, inson ongi va ichki ruhiy olamini zabt etish, butun dunyo miqyosida dolzarb bo’lib turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, mamlakatimizning har bir fuqarosini milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ulg’aytirish, ularning qalbida sof iymon-e`tiqod, sog’lom dunyoqarash va mustaqil fikrlashni shakllantirish mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularining mushtarak ekanligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg’undir. 1.5. Rivojlanish psixologiyasining metodlari Rivojlanish psixologiyasi fani bo’yicha ilmiy-nazariy, amaliy-tadqiqiy ma`lumotlarni to’plash va hayotga tatbiq etish, yosh davrlariga doir qonuniyatlarni aniqlash, har bir yosh davrida yuz beradigan yangilanishlar, psxik taraqqiyotning kechish sur`atlarini o’rganish uchun ilmiy-tadqiqot metodlari qo’llaniladi. Rus psixologi B.G.Ananyev ilmiy-tadqiqot metodlarini tasniflash uchun ularni 4ta guruhga ajratadi: I guruh – tashkiliy metodlar: - Qiyoslash metodi(turli guruh vakillarini yoshga, jinsga, faoliyat turiga yoki boshqa jihatlariga ko’ra solishtirib ko’rish); - Longityud metodi(Bir necha kishilarni uzoq vaqt davomiy tarzda tadqiq etish); - Kompleks(Har tomonlama o’rganish) metod(tadqiqotlarda bir necha soha vakillari ishtirok etadilar M: biologiya, psixologiya, sotsiologiya); II guruh – empirik metodlar: Kuzatish va o’z-o’zini kuzatish; Tajriba metodlari (tabiiy va laboratoriya tajribalari, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi tajribalar); Psixodiagnostik metodlar (testlar, anketalar yoki so’rovnomalar, suhbat, intervyu, sotsiometriya); Faoliyat natijalarini tahlil qilish metodi; Biografiya metodi. III guruh – olingan natijalarni qayta ishlash metodlari. Miqdor(statistik) va sifat tahlilini o’tkazish. IV guruh – sharhlash metodlari. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling