Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi


Download 1.53 Mb.
bet7/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi

Yosh psixologiyasi fanining tamoyillari:

  • Deteminizm tamoyiliga ko’ra, barcha psixik xodisalar sabab-oqibatli bog’lanish qonuniga binoan o’zaro aloqadordirlar.

  • Tizimlilik tamoyilipsixikaning turli tomonlari, psixik sohalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarning asosiy ko’rinishlarini tushuntirib beradi.

  • Taraqqiyot tamoyilining ta`kidlashicha, psixika doimo o’zgarib turadi, rivojlanadi, shuning uchun psixikaning kelib chiqishi, bosqichlari va uning turlariga xos qonuniyatlarni tadqiq etish orqali o’rganish talab etiladi. Psixik taraqqiyotning ikkita yo’li mavjud: filogenetik va ontogenetik.

  • Ong va faoliyat birligi tamoyili belgilaydi:

  • psixik taraqqiyot va yetakchi faoliyatning o’zaro bog’liqligi;

  • bolalarni ularga ta`lim va tarbiya berish jarayonida o’rganish zarurligi;

  • bolaning psixik taraqqiyot darajasini to’la va adekvat baholash uchun, uning xulq-atvori va hatti-harakatlarini qayd etish va tahlil qilish zarurligi.

  • Ob`ektivlik tamoyili ro’ybga chiqadi:

  • bolalarning psixik taraqqiyot darajasini taqqoslashda ijtimoiy-psixologik, tarixiy, etnopsixologik farqlar e`tiborga olinsa;

  • psixik taraqqiyot zahiralarini, ta`lim va tarbiyaning yangi usullarini tadqiq etishda tajriba va nazorat guruhlarining yuqori darajadagi ekvivalentligiga erisha olinsa.

Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari:
1. Odamning butun hayot yo’li davomidagi psixik rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari va manbalarini o’rganish;
2. Ontogenezdagi psixik taraqqiyotni davrlarga ajratish;
3. Psixik jarayonlar(idrok, xotira, diqqat va boshqalar)ning kechish qonuniyatlari (vujudga kelishi, tiklanishi, o’zgarishi, takomillashishi)ni o’rganish;
4. Bilimlarni o’zlashtirish, turli faoliyatlarni egallash qonuniyatlarini, yoshga doir imkoniyatlarni chamalash va o’rnatish;
5. Shaxsning muayyan tarixiy shart-sharoitlarda yoshga ko’ra rivojlanishini tadqiq etish.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling