Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Yosh psixologiyasi fanida tashkiliy metodlarning qo’llanilishi


Download 1.53 Mb.
bet9/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Yosh psixologiyasi fanida tashkiliy metodlarning qo’llanilishi
Psixik taraqqiyotni o’rganish metodlarining tashkiliy guruhiga qiyoslash, longityud(uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) metodlarni kiritish mumkin.
Odam va hayon psixikasini tadqiq etishda qiyoslash muhim o’rin tutadi.
Psixologiyaning alohida tarmog’i xisoblangan qiyosiy psixologiya - psixik hayotning filogenetik taraqqiyot shakllarini o'rganuvchi psixologiya sohasi bo'lib, odam va hayvonlar psixik rivojlanishini o’zaro solishtirish orqali o'xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Qiyoslash metodi umumiy psixologiyada (psixikaning filogenetik va ontogenetik taraqqiotini o’rganishda), ijtimoiy psixologiyada(shaxsning ijtimoiy maqomini belgilash, shaxslararo munosabatlarda yuz bergan nizoli vaziyatlarni aniqlash, shaxs faoliyat ko’rsatadigan turli-tuman guruhlarni o’zaro taqqoslashda), tibbiyot psixologiyasida sog’lom va bemor kishilarning ruhiy xolatlarini qiyoslashda, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya kabi psixologiyaning deyarli barcha tarmoqlarida samarali qo’llaniladi.
Yosh psixologiyasida qiyoslash metodidan turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs sifatida ulg’ayish xusu­siyatlari, hissiy kechinmalari va irodaviy harakatlari, alohida o’ziga hos shaxsiy fazilatlari, psixik taraqqiyotning kechish sur`ati, darajasi va o’ziga xosligini o’rganishda foydalaniladi.
Sobiq ittifoq psixologiya maktabining taniqli vakillari L.S.Vigotskiy, P.P. Blonskiy, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Y.Galperin va ularning izdoshlari tomonidan jismoniy va ruhiy taraqqiyotning yosh bosqichlari(chaqaloqlik va go’daklik, ilk bolalik, bog’cha yoshi, ki­chik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik, yetuklik, keksalik davrlari)ni taqqoslash orqali ilmiy-nazariy tadqiqotlar amalga oshirilgan. So’nggi yillarda o’sib kelayotgan yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish sohasidagi yangi islohotlar, uzluksiz ta`limning joriy etilishi, kadrlar tayyorlashda shaxs, fan, madaniyat va ishlab chiqarishning o’zaro uyg’unligini ta`minlashning muhim ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng miqyosda qo’llashni ko’zda tutadi. Shu bilan birga, tadqiqotda olingan ma`lumotlarning ishonchlili ekanligini aniqlash uchum ham qiyoslash metodi zarur bo’ladi.
Ruhiy taraqqiyotni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish uchun longityud (uzluksizlik) metodi ham foydalaniladi, uning o’ziga xosligi shundaki, bunda bir yoki undan ortiq sinaluvchilar uzoq muddat, ba`zan bir necha yillar tekshirish obye`ktlariga aylanadilar. Germaniyalik tadqiqotchi V.Shtern, Fransiyalik olim R.Zazzo, rus psixologlari N.A. Menchinskaya, V.S. Muxinalar o’z faoliyatlari davomida ushbu metodni samarali qo’llab kelganlar.
Longityud metodi yordamida bir xil jinsli(Xasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuhra, Fotima-Husan) kabi egizaklar o’rtasidagi o’hshashlik va farqli jihatlarni kuzatish mumkin bo’lgan.
Rus psixologlari N.A.Men­chinskaya, V.S. Muxinalar o’z farzandlarining ruhiy taraqqiyotini, yosh ulg’ayishi bilar ularda yuz berayotgan psixik yangilanishlarni uzoq muddatli kuzatishlar asosida o’rganib borganlar, ular olib borgan tadqiqotlar «Ona kundaligi» deb nomlangan.
Alohida olingan bir shaxsni, yoki shaxs faoliyat ko’rsatadigan muayyan bir kichik guruhni uzoq muddat davomida kuzatish, uning shaxs sifatida ulg’ayish jarayoni va xulq-atvoridagi o’zgarishlar, unga ta`sir ko’rsatuvchi mikroomillar, kichik guruhlar tizimi(oila, tengdoshlar davrasi)dagi shaxslararo munosabatlarning kechishi to’g’risida ishonchli hamda barqaror ma`lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Hozirgi kunda fan va texnika sohasida erishilgan ulkan yutuqlar(axborot kommunikatsiya tizimidagi yangiliklar, nanotexnologiyalar), tabiat va jamiyatning eng oliy ne`mati bo’lgan inson shaxsini turli yo’nalishlarda tadqiq etishga zarurat tug’ildi. Shuning uchun ilmiy nuqtai-nazardan bioijtimoiy jonzot sanaluvchi odamni turli-tuman fanlar (tibbiyot, fi­zika, kimyo, biologiya, anatomoiya va fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, kibernetika va.b) negizida o’rganish ko’zda tutiladi va unga nisbatan kompleks yondashuv talab etiladi.
Jamiyat hayotining turli sohalarida tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixologiyaning ayrim sohalarini qamrab oladi va uyg’unlashtiradi:

  • ijtimoiy psixologiya;

  • tibbiyot psixologiyasi;

  • boshqaruv psixologiyasi;

  • mehnat psixologiyasi;

  • muxandislik psixologiyasi;

  • yuridik psixologiya;

  • sport psixologiyasi;


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling