Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Eksperiment(tajriba)-empirik tadqiqot metodi sifatida


Download 1.53 Mb.
bet11/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Eksperiment(tajriba)-empirik tadqiqot metodi sifatida
Tajriba(eksperiment) metodi turli yosh davrlaridagi (go’daklik, ilk bolalik, bog’cha yoshi, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik, yeteklik, keksalik) jismoniiy, psixik va ijtimoiy taraqqiyotni chuqur, keng va aniq tadqiq etish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Tajriba metodi yordamida tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, muammoli vaziyatlarni hal qilishi, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi, inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari va qonuniyatlari tekshiriladi. Tajriba o’tkazuvchi mutaxassis, eksperimental materialini sinchkovlik bilan tanlashi, tajriba ishiga ob`yektiv tarzda yondashishi, zarir holat va vaziyatlarni yarata olishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, temperament tipi, xarakter xislatlari, hissiy kechinmalari, irodaviy sifatlari, qiziqish va moyilliklari, turmush tajribasi, bilim, ko’nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim bo’ladi.
Tajriba metodining tabiiy va laborato­riya turlari ajratiladi.
Tabiiy tajriba metodining ilmiy asoslari1910 yilda A.F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy metod yordamida tashkilot, muassasa, ishlab chiqarish korxonasi xodimlarining o’zi egallab turgan vazifasiga loyiqlik darajasi, ularning o’zaro munosabatlari, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muxit, ish qobiliyatlarini tahlil qilish kabi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.
Tabiiy tajriba o’tkazish usuli, sinaluvchilar(bog’cha yoshidagi bolalar, maktab o’quvchilari, ishchi-xodimlar, turli yoshdagi kishilar v.b) uchun odatiy bo’lgan sharoitda qo’llaniladi, bu esa laboratoriyada yuz berishi mumkin bo’lgan hissiy zo’riqishlarning oldini oladi va natijalarning ishonchli bo’lishini ta`minlaydi.
Tajriba o’tkazishning laboratoriya usuli, ko’pincha yakka tartibda, ba`zan guruh shaklida maxsus jihozlangan xonalarda maxsus anjomlar, yo’riqnomalar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi.
Hozirgi kunda inson psixikasidagi ko’zga ko’rinmas o’zgarishlarni ham aniqlay oladigan asboblar multimedia qurilmalari mavjudki, ular odamdagi psixik jarayonlar, hissiy holatlar, alohida psixik o’zgarishlarni qayd etadi.
Tajriba metodining laboratoriya usuli yordamida diqqatnning sifatlari(ko’chishi, ko’lami, barqarorligi), idrokning xossalari, xotira va tafakkur jarayonlarining xususiyatlari, hissiy kechinmalar, irodaviy zo’r berish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Laboratoriya sharoitida kutilmagan tasodifiy vaziyatlar(xalokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi, natijada odam psixikasidagi o’zgarishlar, rivojlanish sur`ati, jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy hamda asabiy zo’riqishlar, tanglik xolati qanday sodir bo’layotganligini ifodalab beradigan qimmatli ma`lumotlar olinadi.
Tajriba o’tkazish - aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi qismlarga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq etiladi. Tadqiqot ob`yektining aynan shu paytdagi ruhiy holati va uning imkoniyati aniqlanadi, tekshiruvchi tomonidan sinaluvchiga sub`ektiv ta`sir o’tkazmasligi belgilab qo’yiladi.
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda muayyan bir sifatni shakllantirish, ko’nikma va malakani hosil qilish rejalashtiriladi. Tajriba yakka yoki guruh tarzida o’tkazilishi mumkin, buning uchun zarur bo’lgan tajriba materiali oldindan tayyorlab qo’yilishi shart xisoblanadi.
Tekshirish tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan sifat, ko’nikma va malakaning egallaganish darajasi, uning barqarorligi aniqlanadi, natijalar orqali tarkib toptiruvchi tajribaning samarasi o’lchanadi.
Mazkur bosqichda tekshiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks xolda tadqiqot o’tkazish tamoyili buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig’ilgan ma`lumotlar, miqdoriy-statistik metodlardan foydalangan holda qayta ishlab chiqiladi, statistik metodlar yordamida odamning bilish jarayonlari va individual-tipologik xususiyatlarining bog’liqligi va o’zaro ta`siri tahlil qilinadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling