Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet14/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Anketa metodi. Ushbu metoddan yosh davlari psixologiyasida ham foydalanib kelinadi. Anketalar orqali turli yosh, jinsdagi odamlarning alohida-psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga, kishilarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi.
Yozma so’rov yoki anketaning afzalligi shundaki, ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi.
Anketalar ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa respondentdan o’z fikrini erkin bayon etishni talab etadi, yopiq shakldagi anketa savollarida esa javoblar oldindan berilgan bo’lib, tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan, o’zining qarashlari, fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi.
Ochiq anketa savollariga javob berishda – respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan yondashmasligi kuzatiladi, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan javob variantlari taqdim etiladi. Ushbu xolatda respondenyt umuman javob bermasligi yoki “tavakkal” qilib bir variantni belgilab berishi mumkin, shuning uchun so’nggi paytlarda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqda, ularda javob variantlaridan tashqari qo’shimcha fikr bildirish imkoniyati beriladi.
Sotsiometrik metod. Ushbu metod kichik guruh a`zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llanadi, unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan.
Mazkur metod yordamida muayyan bir guruhdagi xar bir a`zoning, boshqa bir shaxsga nisbatan o’zaro munosabatini aniqlash imkonini beradi.
Olingan ma`lumotlarni jadval shaklida ifodalash mumkin, miqdor ko’rsatkichlari guruh a`zolarining o’zaro munosabatlarini bildiradi.
Hozirgi kunda Y.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning yosh davrlari psixologiyasiga moslashtirilgan variantlari ishlab chiqilgan.
Ayniqsa sotsiometrik usulning Y.L.Kolominskiy tomonidan qo’llangan yangi varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to’la axborot beradi.
Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi:
«Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?» «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni yoqtirasan?» Har bir savol sotsiometrik mezon(o’lchov) vazifasini bajaradi. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng ma`qul» deb tanlashi lozim. Unga, «avval, hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang, shuning familiyasini yoz, «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri keladi.
Guruh a`zolarining o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan o’rin oladi, u guruh a`zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. Guruh a`zolari bilan ijobiy a`loqa o’rnatmagan sinaluvchilar doiraning eng chetidan joy olishadi. Oraliqdagi «maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi.
Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar va o’g’il bolalar o’rtasidagi miqdoriy ko’rsatkichlar taqqoslanadi, natijalarga qarab guruhdagi yoki qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi va tavsiyalar bildiriladi.
Xulosa sifatida ta`kidlash joizki, rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bogliq xolda taraqqiy etadi, chunki har ikki fan voyaga yetib kelayotgan shaxsning psixik faoliyati va xulq-atvorini tadqiq etadi.
Ontogenez (yunoncha, optos-mavjud jon, zot; genesis - kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning dunyoga kelishidan, to hayotining oxirigacha davom etadigan psixik rivojlanish va o’zgarishlar jarayoni sanaladi.
Rivojlanish psixologiyasi odam psixikasining rivojlanish qonuniyatlari, yoshga ko’ra o’zgarishlar, psixik yangilanishlarni o’rganuvchi psixologiyaning alohida sohasi xisoblanadi. Ontogenezdagi psixik taraqqiyot yo’nalishi va uning kechish sur`ati, psixik taraqqiyotning yosh davrlari, umumiy qonuniyatlari, bir yosh davridan ikkinchisiga o’tish sabablari va psixikani harakatga keltiruvchi kuchlar – rivojlanish psixologiyasi fanining tadqiqot predmetini tashkil etadi.
Ma`lumki, bolaning shaxs sifatida ulg’ayishidagi psixologik qonuniyatlarni, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy qamda amaliy masalalarini samarali ravishda hal etib bo’lmaydi. Rivojlanish psixologiyasi fani ushbu sohada o’ziga tegishli bo’lgan vazifalarni faqat nazariy jihatdan o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini shaxs hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmunidan kelib chiqqan qolda o’rgansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling