Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Faoliyat samaralarini tahlil qilish metodi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biografiya (tarjimai hol) metodi.
Faoliyat samaralarini tahlil qilish metodi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning chizgan rasmlari va qo’l mehnati orqali tayyorlagan narsalari(plastilin, qog’oz, turli matolar yoki yog’och materialidan yasagan o’yinchoqlari, modellari), yod olgan she`rlarini o’rganish orqali ularning idrok etish va xotira jarayonlari, ko’rgazmali-obrazli tafakkuri, tasavvur hayoli, ijodiy, badiiy qobiliyati yuzasidan zarur ma`lumotlarni jamlash mumkin.
Ijodiy amaliy faoliyat mahsullariga qo’lda yasalgan o’yinchoqlar, milliy kashtachilik, zardo’zlik yoki hunarmandchilik namunalari, zargarlik buyumlari, badiiy ijod natijalari: she`r, hikoya, esse, ilmiy maqola va loyihalar kiradi. Ushbu amaliy ishlar turli yoshdagi odamlar, har xil soha vakillari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, o’ziga xosligi, katta-kichikligi va darajasi bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Biografiya(tarjimai hol) metodi. Har bir alohida olingan shaxsning bosib o’tgan hayot yo’li va faoliyatini tadqiq etish uchun, uning o’z hayoti va faoliyati, oilaviy hayot tajribalari, olib borgan ishlari, erishgan natijalari to’g’risidagi og’zaki va yozma ma`lumotlari muhim o’rin tutadi, uning tarjimai holi, kundaliklari, yozgan maktublari, esdaliklari, zamondoshlari tomonidan uning ilmiy va ijodiy ishlari yuzasidan bildirilgan fikrlar va e`tiroflar ham zarurdir. Shu bilan birga, o’rganilishi lozim bo’lgan shaxs haqida to’plangan materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, magnit tasmasidagi ovozlar, hujjatli filmlar, foto yoki videolavhalar shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma`lumotlar, odamlarning o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z faoliyatini nazorat qilishi, idora etishi, o’zining shaxsiy uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida andoza(namuna) vazifasini o’taydi. Rus psixologlari N.A.Menchinskaya va V.S.Muxinalarning o’z farzandlarining jismoniy, ruhiy va aqliy taraqqiyotini uzoq muddat kuzatishlari asosida yaratgan risolalari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, jumladan L.Tolstoy, M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor, O’tkir Hoshimov va boshqa qator adiblarning bolalik xotiralari va esdaliklariga oid asarlari, tarjimai hol shaklida yozilgan bo’lib, ular bilan tanishish orqali mualliflarning bolalik chog’larida ko’rgan-kechirganlari, turmush qiyinchiliklari, hissiy kechinmalari, fe’l-atvori, qiziqishlari, dunyoqarashi, axloq-odobi to’g’risida ma`lumotlar olish mumkin. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling