Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


II BOB. RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISHI


Download 1.53 Mb.
bet17/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

II BOB. RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISHI

  • 2.1. Rivojlanish psixologiyasini shakllanishining tavsifiy bosqichi;

  • 2.2. Rivojlanish g’oyasini yuzaga kelishi;

  • 2.3. Ta`lim amaliyoti bilan bog’liq yosh davrlari differensiyasi;

  • 2.4. Eksperimental amaliyot va fan sifatida rivojlanish psixologiyasini shakllanishi.

Tayanch so’zlar:
Aqliy taraqqiyot, psixik jarayonlar, tarbiya, ta`lim, fiziologiya, odam va hayvon psixikasi, ontogenetik taraqqiyot, bolalik, rivojlanish, genetik tadqiqot, ruhiy inqirizlar, biologik va ijtimoiy omil, ruhiy taraqqiyot va ta`lim, faoliyat konsepsiyasi, yetakchi faoliyat, psixik taraqqiyotning tashqi va ichki omillari.
2.1. Rivojlanish psixologiyasini shakllanishining tavsifiy bosqichi
19 asr oxiri va 20 asr boshlarida fiziologiya va umumiy psixologiya sohasidagi amaliy tajribalar, bola psixikasini eksperimental tadqiq etish uchun turtki berdi. XX asr boshlarida Germaniyada o’quv va tarbiyaviy vazifalarni hal etishga ko’maklashuvchu E.Meyman(1862-1915) laboratoriyasi ish boshladi. 1907 yilda Meyman “Eksperimental pedagogika bo’yicha ma`ruzalar” kitobini chop etadi, unda “Eksperimental didaktika”ga oid ishlarni tahlil qiladi.
Angliyada taniqli bolalar psixologi Djems Selli maktab o’quvchilarining tipologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha eksperimental tadqiqotlar olib bordi va 1898 yilda “Bolalar psixologiyasidan ocherklar” asarini ommaga havola etdi.
Fransiyada A.Bine bolalar eksperimental laboratoriyasini tashkil etishga harakat qildi va Parij maktablaridan birida unga asos soldi.
Alfred Bine Sen Simon bilan hamkorlikda, aqli zaiflarnng maxsus maktabiga bolalarni tanlab olish metodikasini ishlab chiqadi, mazkur metodikada test metodidan foydalaniladi. Aqliy taraqqiyot xususiyatlarini o’rganar ekan, Bine “aqliy yosh” tushunchasini kiritadi.
Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida shakllanishida taniqli rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy(1824-1870)ning xizmatlari beqiyosdir. Uning “Odam tarbiya predmeti sifatida” (1868-1869) asari, pedagogik ta`sir oby’ekti xisoblangan odam psixologiyasini o’rganishga bag’ishlangan.
K.D.Ushinskiy o’z oldiga pedagogik antropologiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqish vazifasini qo’yadi, odam tarbiya predmeti sifatida qanday tabiatga ega, uning mohiyatini nima tashkil etadi kabi savollarga javob izlaydi.
K.D.Ushinskiyning ta`kidlashicha, psixik jarayonlar hayotiy faoliyat mahsuli va uning zaruriy sharti sanaladi, u odamni tabiiy va ijtimoiy mavjudot, yerdagi hayot evolyutsiyasining oliy darajasi sifatida e`tirof etadi.
K.D.Ushinskiy tomonidan odam va xayvonlar nerv tizimining tuzilishi va funksiyalarining o’xshash jihatlari, psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari ko’rsatib o’tilgan, shu bilan birga, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot natijasi bo’lgan sifat jihatidan farqlanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan psixik xususiyatlar qayd etilgan.
Bolaning psixik taraqqiyotida K.D.Ushinskiy fikricha, tarbiya hal qiluvchi o’rin tutadi, bola murg’ak, bevosita kattalar ko’magiga muhtoj holda dunyoga keladi, u inson sifatida taraqqiy etishning boy imkoniyatlariga ega bo’ladi hamda ular ta`lim va tarbiya orqali ro’yobga chiqariladi.
Bolalar va pedagogik psixologiya masalalariga eksperimental yondasuv A.P. Nechayev(1875-1943) nomi bilan bog’liq bo’lib, u maktab o’quvchilarining ta`lim sharoitida amalga oshadigan psixik jarayonlarni tadqiq etgan. A.P.Nechayev o’quv rejalari, o’qitish usullari, bilimlarni baholash shakllarini eksperimental psixologiya nuqtai-nazaridan talqin etadi, kelgusida diqqat, xotira jarayonlarini tajriba usullari yordamida o’rganish orqali ta`lim jarayonini ilmiy asoslash va o’quvchilarga bilimlarni yetkazib berish mohiyatini aniqlash mumkinligiga ishonch bildiradi.
Sobiq ittifoq psixologiya maktabining dastlabki vakillaridan biri sifatida P.P.Blonskiy(1884-1941)ni qayd etish mumkin, uning asosiy tadqiqot ishlari yosh psixologiyasi(“Psixologik ocherklar”, “Xotira va tafakkur”) masalalariga bag’ishlangan. U o’zining “Psixologik ocherklar”(1927) risolasida psixologiya fanining fiziologiya va biologiya bilan uzviy aloqadorligini ta`kidlagan holda, uning predmeti haqida yozadi:
Fiziologiya – odamning turli organlari faoliyatini (ovqat hazm bo’lishi, qon aylanishi, nafas olishi v.b.) o’rganadi.
Psixologiya – tabiiy ne`matlarni iste`mol qiluvchi, nafas oluvchi odamning faoliyatini tadqiq etadi va o’rganadi.
Bola psixik taraqqiyotining o’ziga xos jihatlarini kuzatar ekan, P.P.Blonskiy quyidagi holatlarga o’z e`tiborini qaratadi:

  • odam va hayvon psixikasi bir-biridan tubdan farqlanadi(ayniqsa odam psixikasi sifat jihatidan alohida tuzilmalarga ega);

  • odamning psixik taraqqiyotiga uni o’rab turgan ijtimoiy shart-sharoitlar o’z ta`sirini ko’rsatadi;

  • rivojlanishning turli bosqichlarida, ruhiy taraqqiyotning kechishi doirasida turli qarama-qarshiliklarni kuzatish mumkin.

XX asrning 20-yillarida Leningrad(hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida taniqli rus nevrologi V.M.Bexterev, o’z shogirdi N.M.Shelovanov bilan birgalikda odam va xayvon ontogenezini qiyosiy o’rganish klinikasini tashkil etdilar.
Mazkur laboratoriyada, ilk yoshdagi(tug’ilgandan uch yoshgacha) bolalar tunu-kun kuzatuv ostida bo’ldilar, ularning xulqida ro’y bergan yangi o’zgarishlar qayd etib borildi. Ushbu kuzatishlar orqali olingan natijalar N.M.Shelovanov va uning ilmiy xodimlari N.L.Figurin va M.P.Denisovalar tomonidan chop etlidi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling