Psixika va ongning taraqqiyoti. Reja
Download 1.48 Mb.
|
2- мавзу
PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI.Reja
Inson psixikasi haqidagi ta’limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan oldingi 384—322-yillar) «Jon» haqidagi kitobida bayon qilgan. Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati, sub’yekt tomonidan ob’yektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’yekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O‘tmish hodisalari inson xotirasida mujasamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziyalarda aks etadi. Psixologiyada psixikaning taraqqiyotini ikki bosqich orqali tushuntiriladi. Birinchi bosqich psixikaning filogenetik taraqqiyot bosqichi bo‘lib, unda oddiy organizmdan boshlab murakkab organizmgacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li bosib o‘tiladi. Ikkinchi bosqich psixikaning ontogenetik taraqqiyot bosqichi bo‘lib, bunda organizm tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li o‘rganiladi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling