Psixika va ongning taraqqiyoti. Reja
Download 1.48 Mb.
|
2- мавзу
Mehnat faoliyati orqali inson faoliyatining xususiyatlarini farqlash, ularni maqsadga muvofiqlashtirish tufayli atrof-muhitni o‘zgartirish, unga ta’sir o‘tkazish qudrati, qobiliyati, layoqati vujudga kela boshladi. U faqat qurollardan shunchaki foydalanishdan voz kechib, avlodlarga qoldirish, asrashni ong ta’sirida ro‘yobga chiqara bordi, buning natijasida insonning har xil shakldagi faoliyati ongli faoliyatga aylandi, o‘zaro munosabatlar mazmuni, ko‘lami kengaya boshladi. Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxslararo munosabatning yangi shakllarining paydo bo‘lishi til va nutqni vujudga keltirdi, ularning barchasini maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlovchi ong jadal rivojlandi. Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo‘lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o‘z aksini topadi. Inson ongi uni qurshab turgan tevarak - atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, ularning yordami bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uzliksiz ravishda boyitib boradi. Bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, buzilishi, xususiyati batamom yoki qisman izdan chiqishi ongni tubdan barbod ettirish sari yetaklaydi. Ong psixologik tavsifining yana bittasi - bu unda sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasidagi aniq farqlanishda o‘z ifodasini topadi, ya’ni shaxs «Men» degan tushunchasi bilan «Men» emas yoki “Mendan boshqa” atamasi tarkibiga nimalar tegishli ekanligini aniq biladi, o‘zini boshqara oladi, ongli ravishda baholay oladi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling