Ongning uchinchi xarakteristikasi - ong yordami bilan odamning maqsad ko‘zlash faoliyati ta’minlanadi, faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi. - Ongning uchinchi xarakteristikasi - ong yordami bilan odamning maqsad ko‘zlash faoliyati ta’minlanadi, faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi.
- Ongning to‘rtinchi tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi, ma’lum tizimga xos emotsional (hissiy) munosabatlar qamrab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli - tuman his-tuyg‘ular (har xil darajali, ijobiy, salbiy, barqaror), kechinmalar, stress, affekt holatlar to‘g‘risidagi axborotlar oqimi kirib ke-la boshlaydi. Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm surayotganligidan dalolat beradi. Ong jamiyat mahsuli bo‘lib, faqat insongagina xosdir. Hayvonlarda ong bo‘lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlik holatini tashkil etadi. Ongsizlik ham psixik hodisa bo‘lib, voqelikni shunday aks ettirish formasidirki, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot berilmaydi, ish harakatlar qaerda va qancha bajarilayotganini anglash xususiyati yo‘qoladi, xulq-atvorni nutq orqali boshqarish buziladi. Ongsizlik holatiga quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi hodisalar, ya’ni tush ko‘rish, kasal odam psixikasida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlar, borliqni bola tomonidan bilishning ilk shakllarida, ibtidoiy tafakkurda, affektiv holatlarda, sarosimaga tushishda, gipnoz holatida, ixtiyorsiz esda olib qolishda, shuningdek, intilishlarda, hissiyotda, xulq-atvorda ifodasini topib, ularning sabab va oqibatlari shaxs tomonidan tubdan anglashilmaydi.
ONG TUZILISHI - Ongning tarkibi – obrazni his eta olish imkoniyati, borliqdagi narsalarning qadr-qiymati, atrof-muhit ob’yektlarining ma’no kasb etishi;
- Ong funksiyalari – aks ettiruvchanligi, ijodiylikni vujudga keltiruvchanligi, baholovchanligi, boshqaruvchanligi, ma’naviyligi;
- Ongning xislatlari – borliq ob’yektlari va jamiyat sub’yektlari bilan munosabat o‘rnatish, biosfera hodisalarini anglash, tushunish, bilish, tabiiy va ijtimoiy holatlar hamda hodisalarga hamdardlik (empatiyaning namoyon bo‘lishi);
- Ong xususiyatlari – sezgirligi, spontanligi;
- Ong turlari – individual, guruhiy, jamoaviy, etnik, milliy, ijtimoiy va hok.
Do'stlaringiz bilan baham: |