Mavzu: Yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish
Download 34.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqвариант-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natija esa quyidagicha: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
- O‘zsuvta’minot” AJ
- Toshissiqquvvati” Davlat unitar korxonasi
MAVZU:Yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish Kechagina gaz, elektr, issiq va sovuq suvga elektr hisoblagichlar o‘rnatilayotganida biroz sarosimaga tushgan aholimiz, bugun ularning tejamkorligi, to‘lovlarni elektron amalga oshirish imkoniyati va butun jarayonlar shaffoflashib borayotganligidan mamnun... O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida 2021 yil 1 dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga (yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga) bog‘lanishi hamda bu orqali har bir shaxsga «yagona mijoz» tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Elektron xukumat loyihalarini boshqarish markazi, Energetika vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tashkil etildi. Maxsus guruh joylarga chiqqan holda kommunal tashkilotlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) va iste’molchilarning billing tizimiga ulanganligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) hamda yuridik shaxslarning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqamiga bog‘langanlik darajasini o‘rganishdi. Natija esa quyidagicha: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rganilganida, iste’molchilar soni 7 574 505 nafarni tashkil etib, 7 272 270 nafari jismoniy, 302 235 nafari yuridik shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. Jami iste’molchilar sonidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tashkilot axborot tizimiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami – 58,6% (4 258 316), kadastr raqami – 51,9% (3 770 870) va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami 100 % (372 235) biriktirilgan. JShShIR va kadastr raqamlarining 100 foiz kiritilmaganligi asosan iste’molchilardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishda yuzaga kelayotgan muammolar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, hududdagi tashkilotlar tomonidan JShShIRning noto‘g‘ri kiritilish (10%) holati ham aniqlandi. “O‘zsuvta’minot” AJda olib borilgan o‘rganish ishlarida iste’molchilar soni 4 046 328 nafarni tashkil etgani, shundan 3 953 473 nafari jismoniy, 92 855 nafari yuridik shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. Jami iste’molchilar sonidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tashkilot axborot tizimiga JShShIR – 0%, kadastr raqami 96,7% (3 796 257) va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami 100 % (92 855) biriktirilgan. Bunda nol ko‘rsatkich Watercontrol dan UzWater axborot tizimiga o‘tayotganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, JShShIR va kadastr raqamlarining tashkilot axborot tizimiga takroran noto‘g‘ri kiritilganligi ham aniqlandi. “Toshissiqquvvati” Davlat unitar korxonasida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida iste’molchilar soni 441 335 nafarni tashkil etib, shundan 428 643 nafari jismoniy, 12 692 nafari yuridik shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. Axborot tizimiga esa jami iste’molchilar soniga nisbatan JShShIR 86,45% (370 564), kadastr raqami 98,64% (422 816) va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami 100 % (12 692) biriktirilgan. JShShIR va kadastr raqamlari 100% kiritilmaganligi sababi, iste’molchilarining 1,36% (5827 nafari) xizmat uylarida yashovchilarga to‘g‘ri kelgani bilan bog‘liq. Ya’ni ularda kadastr hujjati o‘rniga order bo‘lganligi uchun ma’lumotlar to‘laqonli kiritilmagan. Download 34.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling