Mavzu: Yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi


Download 34.43 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1401766
1   2
Bog'liq
вариант-7

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi iste’molchilari jismoniy shaxslar (aholi) bo‘lib, 5 766 417 nafarni tashkil etdi. Bunda hisob-kitoblar “Cleancity” axborot tizimida amalga oshiriladi va ma’lumotlar bazasi Oraclega joylashtirilgan.
Tashkilot axborot tizimida jami iste’molchilar soniga nisbatan JShShIR – 69% (3 901239), kadastr raqami – 83% (4 786 127) biriktirilgan.
Biroq qo‘mitaning hududiy tashkilotlari tomonidan JShShIRning 21% (825784) noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlandi.
Hududgazta’minoti” AJda iste’molchilar soni 3 948 119 nafarni tashkil etib, shundan: 3 891 000 nafari jismoniy, 57 119 nafari yuridik shaxslardir.
Tashkilot axborot tizimiga jami iste’molchilar soniga nisbatan JShShIR – 43,7% (1 702 000), kadastr raqami – 53,7% (2 091 000) va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami 100 % (57 119) biriktirilgan. Shundan kadastr raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 1% (21 000) takroriy va noto‘g‘ri kiritilgan.
Yuqoridagi barcha tashkilotlar axborot tizimi orqali har bir shaxsga «yagona mijoz» tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega deb topildi.

Poytaxtimizda «Yoqilgi-energetika majmuasini raqamlashtirish sohasidagi ilgor jahon tajribalari» mavzuida seminar otkazildi.
Rossiyaning «IKS Xolding» ko‘p tarmoqli AT-guruhi tomonidan va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xalqaro kompaniya, tashkilot hamda korxona vakillari qatnashdi.
Mazkur strategik sessiya O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish bo‘yicha 2021 – 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi va «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Loyiha 2021 yil 11 fevralda boshlangan. Shu vaqtga qadar «IKS Xolding» mutaxassislari respublikaning neft-gaz va elektr energetika sohalaridagi kompaniyalarning joriy biznes jarayonlarini tahlil qildi, 300 dan ortiq ishchi uchrashuv, markaziy idoralar va korxonalar faoliyatini o‘rganildi.
– Zamonaviy O‘zbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bu mamlakat iqtisodiy barqarorligi bo‘lib, bu ko‘p jihatdan energetika sohasining rivojlanishiga bog‘liq, – dedi Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev. – Rossiyaning «IKS Xolding» kompaniyasi ko‘magi bilan energetika sanoatini raqamlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar sanoatni raqamli o‘zgartirish jarayonining boshlanishi hisoblanadi. Bu iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni jadallashtiradi.
Nazariy va amaliy qismdan iborat ushbu seminarda raqamlashtirishning amaliy tajribasi, ilg‘or texnologiyalar tahlili va har bir funksional sohaga tegishli tashabbuslarni ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.

– Biz O‘zbekiston neft-gaz va energetika sohasidagi kompaniyalarning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqur tahlil qilish asosida shakllangan korxonalarni raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarning dastlabki reyestrini taqdim etdik. Xususan, muhokama jarayonida u yoki bu yechim qaysi aniq korxonalarda qo‘llanilishini aniqlashni rejalashtirmoqdamiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bir qator loyihalarni amalga oshirish uchun ayrim qonun hujjatlarini tuzatish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, taklif qilingan tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kadrlar islohoti va yoshlar bilan faol ishlash zarurdir, – dedi «IKS Xolding» vitse-prezidenti Stanislav Kiselev.
Seminar doirasida dunyoning eng yaxshi amaliyotlari reyestri ishlab chiqiladi va uning natijasida yakuniy hujjatlar shakllantiriladi. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston energetika vaziri hamda energetika kompaniyalari rahbarlaridan iborat boshqaruv kengashiga taqdim etiladi.
Tadbirda qayd etilganidek, tasdiqlangan tashabbuslar ro‘yxatiga asosan «IKS Xolding» mutaxassislari «Yo‘l xaritasi»ni tuzishga kirishadi. Loyiha 2021 yil oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling