Psixika va ongning taraqqiyoti. Reja


Download 1.48 Mb.
bet2/6
Sana26.01.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1127535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2- мавзу

Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo‘lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o‘z to‘dasidagi a’zolariga kutilmagan holatlarda «o‘zining tili»da xabar uzatadi. Odam undan farqli o‘laroq nutq vositasida o‘z qabiladoshlariga o‘tmish (xotirot), hozirgi davr va kelajak to‘g‘risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, natijada odam miyasida atrof - muhit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo‘lib bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His - tuyg‘ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsollari yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni, ma’nosi, mohiyati bo‘yicha o‘ziga o‘zi hisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi. Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o‘z aksini topadi. Masalan, yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo‘lib, chamalash orqali mo‘ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo‘naltirilgandir. Hayvon yaqqol, bevosita idrok qiladi, inson esa mavhum fikrlaydi.

  • Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo‘lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o‘z to‘dasidagi a’zolariga kutilmagan holatlarda «o‘zining tili»da xabar uzatadi. Odam undan farqli o‘laroq nutq vositasida o‘z qabiladoshlariga o‘tmish (xotirot), hozirgi davr va kelajak to‘g‘risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, natijada odam miyasida atrof - muhit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo‘lib bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His - tuyg‘ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsollari yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni, ma’nosi, mohiyati bo‘yicha o‘ziga o‘zi hisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi. Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o‘z aksini topadi. Masalan, yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo‘lib, chamalash orqali mo‘ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo‘naltirilgandir. Hayvon yaqqol, bevosita idrok qiladi, inson esa mavhum fikrlaydi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling