Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Rivojlanish g’oyasini yuzaga kelishi


Download 1.53 Mb.
bet18/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

2.2. Rivojlanish g’oyasini yuzaga kelishi
Bolalik – anatomik-fiziologik, ijtimoiy-psixologik jihatdan balog’atga yetishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu davr bolaning shaxs sifatida ulg’ayish, uning kishilik jamiyatining haqiqiy a’zosiga aylanish davri xisoblanadi.
D.B.Elkoninning etnografik ma`lumotlariga asoslanib ko’rsatishicha, bolalik davri ularni ijtimoiy ishlab chiqarish tizimiga bevosita qo’sha olmaslik davrida yuzaga keladi. Rossiya psixologiya maktabining yan bir vakili L.S.Vigotskiyning ko’rsatishicha, madaniy-tarixiy psixologiya negizida bolaning rivojlanishini o’rganish – bolaning bir yosh pog’onasidan ikkinchisiga o’tishini, har bir yosh davrida yuz beradigan shaxsdagi o’zgarishlarni o’rganish va tahlil qiliah demakdir.
Filipp Ariyes, insoniyat tarixi davomida olimlar, yozuvchilar va rassomlar tasavvurida bolalik tushunchasi qanday shakllanganligi hamda u turli tarixiy davrlarda bir-biridan farq qilganligini o’rgangan.

  • Bolalik – individning ontogenetik taraqqiyot bosqichi xisoblanib, uning tug’ilganidan to kattalar hayotiga qadam qo’yishgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi.

  • Bolalikda go’daklik, ilk bolalik, boqcha yoshi va kichik maktab yosh davrlari farqlanadi.

  • Bolalik - biologik, ruhiy va ijtimoiy yetuklik sari yetaklovchi o’smirlik va o’spirinlik davrlariga o’z o’rnini bo’shatib beradi.

Psixologik lug’atdan
Antik davrning yirik mutafakkiri Aristotelda ham, bolalarga bag’ishlangan fikrlar uchraydi. Bolalik davrining tarixan kelib chiqishi, psixik rivojlanish haqidagi nazariy masalalar P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, A.N.Leontyev kabi olimlarning ishlarida yoritib berilgan. Bolalarning ruhiy taraqqiy etish qonuniyatlari haqida V.Shtern, J.Piaje, N.Muxina, M.Lisina va boshqa bir qator tadqiqotchilar ham yozib qoldirishgan.
XIX asr adabiyoti ishchilarsinfi vakillarining farzandlari “bolalik davri”ni boshdan kechirmaganligi haqida guvohlik beradi. Masalan Angliyadagi ishchilar sinfini o’rgangan F.Engels, 1833 yilda Angliya parlamenti tomonidan fabrikalardagi mehnat sharoitini tadqiq etgan komissiya xulosalaridan misol keltiradi: bolalar 5-6 yoshdan mehnat qilishni boshlardilar, yana ham ko’proq 7 yoshdan, lekin kambag’al ota-onalarning deyarli barcha bolalari 8 yoshdan mehnat qilishgan; ularning ish vaqti 14-16 soatgacha davom etgan.
Filipp Ariyesning ishlari tufayli chet el psixologiya maktablarida “bolalik davri”ga qiziqish ancha ortdi. Filipp Ariyesni turli tarixiy davrlarda rassomlar, yozuvchilar va olimlar ongida “bolalik” tushunchasi qanday o’rin egallaganligi qiziqtirar edi. Uning tasviriy san`at sohasidagi tadqiqotlari shunday xulosaga olib keldiki, XIII asrgacha tasviriy san`at umuman bolalar obraziga murojaat etmagan, rassomlar ularni tasvirlashga ham urinishmagan ekan.
XIII asrdagi musavvirlar ijodida bolalar obrazi faqatgina diniy-allegorik lavhalarda uchraydi. O’sha davrlarda bola shaxsi tan olinmagan, chunki bolalar tabiati va o’ziga hos xususiyatlari haqidagi bilimlar yetarli emasdi.
“Bolakay, kichkintoy” so’zi hozirgi kundagi darajada ahamiyat kasb etmasdi. Shunisi ajablanarli-ki, masalan, o’sha davrlarda Germaniyada “bolakay” so’zi “ahmoq” so’zining sinonimi xisoblanar ekan.
Bolalik tez o’tib ketuvchi va uncha qadrli bolmagan davr sifatida e`tirof etilardi. Bolalik davriga nisbatan befarq munosabat, F.Ariyesning fikricha, o’sha davrdagi demografik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan. O’sha davrlarda tug’ilish ko’rsatkichlari juda yuqori va bolalar o’limi ko’p edi.

Agar bolalarga nisbatan befarq munosabatning o’zgarishini musavvirlarning ijod namunalari orqali ko’rib chiqsak, XVI asrga kelib ayrim rassomlarning asarlarida bolalar portreti paydo bo’la boshladi. Albatta ular, shox va unga yaqin saroy a`yonlarining oila a`zolari, yaqinlari va zodogan bolalarining portretlari edi.
Bolalik davrining ochilishi XIII asrga to’g’ri kelsa, san`at asarlarida aks etishi XIV-XVI asrlarga, lekin yorqin va to’laqonli ifodalanishi XVI asr oxiri va XVII asrni qamrab oladi. Bolalar psixologiyasi – solishtirma psixologiya tarmog’i sifatida 19 asroxirlarida dunyoga keldi. Bolaning psixik rivojlanishini o’rganishga
doir tadqiqotlarga V.Preyerning “Bola qalbi” kitobi keng yo’l ochib berdi. Unda Preyer o’z qizining psixik rivojlanishini kundalik kuzatuv natijalari asosida yozib boradi va asosiy e`tiborni sezgi organlari, xarakatlar tezligi, iroda, fikrlash hamda
tilning rivojlanishiga qaratadi.V.Preyer bola hayotining ilk davrlarini o’rganadi va bolalar psixologiyasiga ob`yektiv kuzatishni kiritadi.
Rus fiziologi I.M.Sechenovning yozishicha, psixologiyani psixik jarayonlarning kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganuvchi fan sifatida e`tirof etish mumkin. Psixologiyaga genetik(naslga oid) tadqiqotlar o’tkazish g’oyasi ancha
oldin kirib kelgan. Taniqli psixologlar, bir vaqtning o’zida bolalar va genetik psixologiya bilan shug’ullanishgan. 19 asr oxirlarida bolalar psixologiyasining
fan sifatida shakllanishiga ayrim shart-sharoitlar o’z ta`sirini ko’rsatgan:
- sanoatning jadal rivojlanishi, ijtimoiy hayotning yangi darajasi;
- bolalarga ta`lim va tarbiya berishga bo’lgan qiziqishning ortishi;
- jismoniy jazo tarbiyaning samarali usuli emasligi haqidagi g’oyalarning
taraqqiy etishi;
Psixolog olimlarning xisoblashicha, kattalar psixologiyasini tushunish
uchun, bolalarning psixik rivojlanishini o’rganish talab etiladi. Ushbu sohada J.Uotson, V.Shtern, K.Byuler, K.Koffka, K.Levin, A.Vallon, Z.Freyd, E.Shpranger, J.Piaje, V.Bexterev, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, N.Muxina, A.V.Petrovskiy, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va boshqa bir qator yirik psixologlar ish olib borishgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling