Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
I BO’LIM. RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINING ASOSIY MUAMMOLARI
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Rivojlanish psixologiyasi va yosh davrlar psixologiyasi
- Yosh davrlari psixologiyasi
I BO’LIM. RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINING ASOSIY MUAMMOLARI
I BOB. RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASIGA KIRISH 1.1. Rivojlanish psixologiyasi va yosh davrlar psixologiyasi; 1.2. Rivojlanish psixologiyasi amaliy psixologiya sohasi; 1.3. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi; 1.4. Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi; 1.5. Rivojlanish psixologiyasining metodlari; Tayanch so’zlar: Ontogenetik taraqqiyot, evolyutsion taraqqiyot, evolyutsion ta`limot, psixika, psixik aks ettirish, psixik taraqqiyot, bilish jarayonlari, psixik faoliyat, psixik xolatlar, alohida psixik xususiyatlar, psixikaning reflektor tabiati, refleks, shartsiz va shartli reflekslar, analizatorlar, birinchi va ikkinchi signallar tizimi, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, taraqqiyot tamoyili, qiyoslash, longityud, kompleks metodlar, bilish jarayonlari, yosh davrlari, psixodiagnostik metodlar, kuzatish va o’z-o’zini kuzatish, tabiiy va laboratoriya metodi, test, aqliy taraqqiyot, so’rovnoma, faoliyat samaralarini tahlil qilish, suhbat, biografiya(tarjimai hol) metodlari, sotsiometriya. Rivojlanish psixologiyasi va yosh davrlar psixologiyasi Yosh psixologiyasi fani – psixologiya fanining alohida tarmog’i xisoblanib, odam psixikasining ontogenetik taraqqiyotini va uning shaxs sifatida ulg’ayib borish xususiyatlarini, alohida davrlarga bo’lgan holda o’rganadi. Yosh psixologiyasi fanining o’rganish predmetini odamning ontogenetik taraqqiyot bosqichlari (odamning tug’ilganidan boshlab, to umrining oxirigacha bo’lgan davr)dagi psixik taraqqiyot xususiyatlari tashkil etadi. Yosh psixologiyasining alohida fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiy etishi uchun, 19 asr o’rtalari va ikkinchi yarmida kishilik jamiyatida ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o’sish sur`atlari, yangicha iqtisodiy munosabatlarning yuzaga kelishi hamda falsafiy qarashlardagi dialektik yondashuv va biologiya sohasidagi yangi yutuqlar o’ziga xos zamin yaratib berdi. Buning yorqin dalili sifatida quyidagi xolatlarni e`tirof etish mumkin: falsafa fanidagi dialektik g’oyalar (Gegel falsafasi); tabiiy fanlarga doir bilimlarning o’sishi (Ch.Darvin); miya faoliyatining tuzilishi va sezgi organlarini tadqiq etish (I.M.Sechenov, G.Gelmgolts). Jumladan faylasuf olimlar, dunyoni anglashning yuksak shakllari va hayotiy tajriba o’rtasidagi mutanosiblikni aniqlashga harakat qildilar. Biologiya sohasi mutaxassislari evolyutsion taraqqiyotga doir muammolarni hal etishsa, psixolog tadqiqotchilar ayniqsa, bolaning dastlabki yoshdagi psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o’rganishga intildilar. Fan va ishlab chiqarishning taraqqiy etishi, ta`lim berishni yuqori darajaga ko’tarishni talab eta boshladi. Bolalar ta`lim olayotgan muassasalar xodimlari va olimlar, bola psixikasining ayrim xususiyatlarini tushuntirish, u yoki bu faoliyatning bola psixik ribvojlanishiga ta`sirini aniqlash uchun faqat umumpsixologik bilimlarning yetarli emasligiga ishonch hosil qila boshladilar. Bolaga ta`lim va tarbiya berish vazifasini muvaffaqiyatli hal etish uchun, bolaning yosh hamda alohida xususiyatlarini va insoniyat to’plagan ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o’zlashtirish, ya`ni bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini aniqlash zarur bo’lib qoldi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida bola psixik taraqqiyotining nazariy muammolarini o’rganishda evolyutsion-biologik yondashuv ustunlik qilardi. Charlz Darvin yaratgan evolyutsiya nazariyasida aks etgan taraqqiyot yo’lini sharhlashga doir nazariy qarashlar, angliyalik psixolog Gerbert Spenser(1820-1903) tomonidan bayon qilingan. O’zining “Psixologiya asoslari” asarida Spenser “...hayot bu organizmning tashqi ta`sirotlarga uzluksiz ravishda moslashib borishi...” deya ta`kidlab o’tadi. Uning fikricha, psixikaning taraqqiy etishi, shu nuqtai-nazarga asoslanishi lozim. Ongning rivojlanishi, biologik adaptatsiya, ya`ni ong(intellekt)ning mavjudligi va rivojlanishi moslashuvchanlikdan boshqa asosga ega emas. Spenser, odamni o’rganuvchi fanlar tizimida psixologiyaning o’ziga xos bo’lgan o’rnini ko’rsatib berishga urinib ko’radi. Uning fikricha, odamdagi ichki xodisalar o’rtasidagi mutanosiblik – fiziologiyaning predmeti bo’lsa, tashqi xodisalar – boshqa fanlar predmeti xisoblanadi, psixologiya fani esa, tashqi va ichki xodisalar orasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Yosh davrlari psixologiyasi – odam psixikasining rivojlanish qonuniyatlarini, yoshga oid dinamikasi(o’sishi)ni o’rganuvchi psixologiyaning alohida sohasidir. Aynan ushbu xolatni o’z davrida, psixologiya fanining rivojlanishi uchun muhim burilish nuqtasi bo’lganligini qayd etish mumkin, lekin, Gerbert Spenser psixikani biologik nazariya asosida izohlaganligi va psixikaning rivojlanishini organik hayotning namoyon bo’lishi sifatida baholashini nazarda tutish lozim. Yosh psixologiyasining o`rganish ob`yekti – ontogenezda taraqqiy etib, o’zgarib boruvchi normal, sog’lom odam xisoblanadi. Yosh psixologiyasining predmeti – ontogenezdagi psixik taraqqiyot yo’nalishi va sur`ati, taraqqiyotning yosh davrlari, taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, bir yosh davridan ikkinchisiga o’tish sabablari va psixikani harakatga keltiruvchi kuchlar xisoblanadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling