Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Rivojlanish psixologiyasi amaliy psixologiya sohasi


Download 1.53 Mb.
bet4/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Rivojlanish psixologiyasi amaliy psixologiya sohasi.

Miya va psixika. Psixikaning reflektor tabiati.
Odamning ichki(ruhiy) olami o’ta murakkab va ko’p qirralidir. Hozirgi kunda “ruh” tushunchasi o’rnida “psixika(ruhiyat)” atamasi qo’llaniladi. Psixologiya fanining predmetini, psixikani o’rganish tashkil etadi.
Psixologiya fani, psixik faktlarni, psixikaning rivojlanish qonuniyatlarini va psixikani harakatga keltiruvchi kuchlarni o’rganadi.
Psixik faktlar deyilganda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Psixik bilsh jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, tafakkur va xayol;

  • Psixik faoliyat: diqqat, nutq faoliyati(muloqot), faoliyat va motivatsiya;

  • Psixik xolatlar: hissiy kechinmalar va irodaviy harakatlar;

  • Psixik xossalar(odamning hatti-harakatlarini boshqaruvchi, o’ziga xos alohida xususiyatlar): temperament, xarakter, qobiliyatlar;

Psixika, yuksak darajada tashkil topgan materiya, ya`ni miyaning xossasi va alohida funksiyasi xisoblanadi. Mazkur funksiya aks ettirish jarayonida o’z ifodasini topadi va aks ettirishning to’g’riligi amaliyotda tasdiqlanadi.
Psixik aks ettirish bir qator xususiyatlarga ega:

Psixik aks ettirish xulq-atvor va faoliyatning maqsadga muvofiqligini ta`minlab beradi, shu bilan birga psixik obraz predmetli faoliyat jarayonida shakllanadi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i – psixik faoliyatning ehg muhim a`zosi bo’lib, odamning murakkab psixik faoliyatini amalga oshiradi.
Psixika qiyidagi ikkita asosiy funksiyani bajaradi:

  • Aks ettirish;

  • Xulq-atvor va faoliyatni idora etish.

Odam vа hаyvоnlаr psiхikаsining mоddiy аsоsini mаrkаziy nеrv tizimining eng yuksаk qismi bоsh miya tаshkil etаdi, ammо odamlаr miyasi hаyvоnlаr miyasigа qаrаgаndа аnchа murаkkаb tuzilgаn bo’lib, tanaga nisbatan olinganda hаjmi jihаtidаn hаm kаttа.
Bоsh miya оrqа miya bilаn mаrkаziy nеrv tuzilmаsini tаshkil qilib, оdаm оrgаnizmidаgi bаrchа оrgаnlаrning o’zаrо fаоliyati vа bir-biri bilаn bоg’lаnishini hаmdа uning tаshqi muhit bilаn bo’lаdigаn аlоqаsini tа’minlаydi.
XVII asrda fransuz olimi Rene Dekart tomonidan refleks tushunchasining fanga kiritilishi, organizm va unga tashqi muhitning ta’sir etishini o’rganishda muhim qadam bo’ldi.
Refleks – organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga, markaziy nerv tizimi orqali beradigan javob reaksiyasidir.
Inson hayotida reflekslarning o’rnini yuqori baholagan rus fiziologi I.M.Sechenov(1829-1905) o’zining mashhur “Bosh miya reflekslari”(1863) asarida quyidagicha ta’rif beradi: “Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari(harakatlari) kelib chiqish usuli(mohiyati)ga ko’ra reflekslardan iboratdir”.
Buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov(1849-1936) o’z amaliy tajribalari orqali I.M.Sechenov g’oyalarini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangicha mazmun kiritdi va shartli reflekslarning hosil bo’lish asoslarini yaratdi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling