Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
Amaliy mashg amaliy matematika 1 kurs
Topshiriqlar
1. n natural son hamda A(1:2n) haqiqiy sonlar jadvali berilgan bo‘lsin. Bu sonlarni quyidagi tartibda displeyga chiqaring : a) a1, an+1, a2, an+2, ..., an, a2n ; b) a1, a2n, a2, a2n-1, ..., an, an+1; c) a1+ a2n, a2+ a2n-1, ..., an+ an+1; 2. Natural n soni va a1, a2, ..., an haqiqiy sonlar berilgan. Agar bu sonlarning manfiylarini kvadratlari bilan almashtirilgandan so‘ng o‘suvchi sonlar ketma-ketligi hosil bo‘lsa, berilgan sonlarning yig‘indisi, aks holda ko‘paytmasi topilsin. 3. Natural n soni va A(1:n) haqiqiy sonlar jadvali berilgan. Berilgan sonlarning eng kichigini toping ; Berilgan sonlarning eng kattasini toping ; Berilgan sonlarning eng kattasi nomerini toping ; Berilgan sonlar qaysi oraliqqa tegishli ekanligini aniqlang ; Berilgan sonlarning o‘rta arifmetik qiymatini toping. 4. Natural n soni va a1, a2, ..., an haqiqiy sonlar berilgan. max(a1, ..., an) ga teng bo‘lgan elementdan oldingi barcha elementlar ko‘paytmasini toping. 5. Natural n soni va A(1:n) butun sonlar jadvali berilgan. Undagi tartib nomeri toq, o‘zi juft bo‘lgan elementlarning yig‘indisi topilsin. 6. Natural m soni va a1, a2, ..., a30 (a1, a2, ..., a30 sonlar bir-biriga teng emas hamda m£30) haqiqiy sonlar berilgan. Bu sonlarning eng kattasi m-element bilan o‘rinlarini almashtirsin. 7. A(1:30) haqiqiy sonlar jadvali berilgan bo‘lsin. Hisoblang : max(a1+a30, a2+a29, ..., a15+a16); min(a1 a16, a2 a17, ..., a15 a30) ; 8. a1, a2, ..., a20 haqiqiy sonlar berilgan. Bu ketma-ketlikdagi ai va a10+i hadlarning kattasini ai deb, kichigini esa a10+i deb o‘zgartiring. 9. A(1:20) haqiqiy sonlar jadvali berilgan bo‘lsin. Bu jadvalda manfiy va musbat elementlar aralash joylashgan. Hisoblang: b1c1+b2c2+...+bscs. Bu yerda b1,..., bp - berilgan jadvalning manfiy elementlari bo‘lib, jadvalda uchrashi tartibida, c1,...,cq lar esa musbat elementlar bo‘lib, berilgan jadvalda uchrashiga teskari tartibda olinadi. s=min(p,q). 10. O‘zaro har xil bo‘lgan a1, a2, ..., a20 haqiqiy sonlar ketma-ketligi berilgan. Bu ketme-ketlikning eng katta va kichik elementlari o‘rinlarini almashtirilsin; eng katta va oxirgi elementlari o‘rinlarini almashtirilsin; o‘rta arifmetik qiymatidan katta elementlar soni topilsin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling