Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi


Amaliy mashg’ulоt № 23-24 (4 soat)


Download 0.52 Mb.
bet31/50
Sana15.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1270223
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
Amaliy mashg amaliy matematika 1 kurs

Amaliy mashg’ulоt № 23-24 (4 soat)
MAVZU: Funksiyalarni e’loni va aniqlash. Funksiya parametrlari va qaytaruvchi qiymati.
MASHG’ULOTNING MAQSADI: Algoritm va dasturlashni o`rgatish.
MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
MASHG’ULOTNING BОRISHI:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Funksiyalarni e’loni va aniqlash. Funksiya parametrlari va qaytaruvchi qiymati bilan ishlashni tanishish.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.O’rganganlari ustida mashq qilish.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish.
Amaliy mashg`ulot bayoni:
Funksiya e’lonini funksiya prototipi tavsiflaydi (ayrim hollarda signatura deyiladi). Funksiya prototipi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
(
);

Bu yerda - funksiya ishlashi natijasida y tomonidan qaytaradigan qiymatning turi. Agar qaytariladigan qiymat turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kelishuv bo‘yicha funksiya qaytaradigan qiymat turi int deb hisoblanadi,
- vergul bilan ajratilgan funksiya parametrlarining turi va nomlari ro‘yxati. Parametr nomini yozmasa ham bo‘ladi. Ro‘yxat bo‘sh bo‘lishi ham mumkin. Funksiya prototiplariga misollar:
int almashsin(int,int);
double max(double x, double y);
void func();
void chop_etish(void);
Funksiya aniqlanishi – funksiya sarlavhasi va figurali qavsga (‘{‘,’}’) olingan qandaydir amaliy mazmunga ega tanadan iborat bo‘ladi. Agar funksiya qaytaruvchi turi void turidan farqli bo‘lsa, uning tanasida albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo‘lishi shart. Funksiya tanasida bittadan ortiq return operatori bo‘lishi mumkin. Ularning ixtiyoriy birortasini bajarish orqali funksiyadan chiqib ketiladi. Agar funksiyaning qiymati programmada ishlatilmaydigan bo‘lsa, funksiyadan chiqish uchun parametrsiz return operatori ishlatilishi mumkin yoki umuman return ishlatilmaydi. Oxirgi holda funksiyadan chiqish – oxirgi yopiluvchi qavsga yetib kelganda ro‘y beradi.
Funksiya programmaning birorta modulida yagona ravishda aniqlanishi kerak, uning e’loni esa funksiyani ishlatadigan modullarda necha marta yozilishi mumkin. Funksiya aniqlanishida sarlavhadagi barcha parametrlar nomlari yozilishi shart.
Odatda programmada funksiya ma’lum bir ishni amalga oshirish uchun chaqiriladi. Funksiyaga murojaat qilganda, u qo‘yilgan masalani yechadi va o’z ishini tugatishida qandaydir qiymatni natija sifatida qaytaradi
Funksiyani chaqirish uchun uning nomi va undan keyin qavs ichida argumentlar ro‘yxati beriladi:
(, ,..., );
Bu yerda har bir - funksiya tanasiga uzatiladigan va keyinchalik hisoblash jarayonida ishlatiladigan o‘zgaruvchi, ifoda yoki o’zgarmasdir. Argumentlar ro‘yxati bo‘sh bo‘lishi mumkin.
Funksiyalar ham o‘z tanasida boshqa funksiyalarni, o‘zini ham chaqirishi mumkin. O‘z tanasida o‘zini chaqiradigan funksiyalarga rekursiv funksiyalar deyiladi.
Oldingi boblarda ta’kidlab o‘tilganidek, C++ tilidagi har qanqay programmada albatta main() bosh funksiyasi bo‘lishi kerak. Ayni shu funksiyani yuklagich tomonidan chaqirilishi bilan programma bajarilishi boshlanadi.
Quyidagi rasmda bosh funksiyadan boshqa funksiyalarni chaqirish va ulardan qaytish sxemasi ko‘rsatilgan.

Quyida funktsiyalarni e`lon qilish, chaqirish va aniqlashga misollar keltirilgan:
// funktsiyalar e`loni
int Mening_funksiyam(int Number, float Point);
char Belgini_uqish( );
void bitni_urnatish(short Num);
void Amal_yoq(int, char);
// funktsiyalarni chaqirish
result = Mening_funksiyam(Varb1, 3.14);
symb = Belgini_uqish( );
bitni_urnatish(3);
Amal_yoq(2, Smbl);
// funktsiyalarni aniqlash
int Mening_funksiyam (int Number, float Point);
{int x;

return x;
}
char Belgini_uqish( )
{char Symbol;
cin >> Symbol;
return Symbol;
};
void bitni_urnatish(short number)
{
global_bit = global_bit | number;
};
void Amal_yoq(int x, char ch)
{ };
Funktsiyaning programmadagi o`rnini yanada tushunarli bo`lishi uchun son kvadratini xisoblash masalasida funktsiyadan foydalanishni ko`raylik.
Funktsiya prototipini header.h sarlavha faylida joylashtiramiz:
long Son_Kvadrati(int);
Asosiy programmaga ushbu sarlavha faylini qo`shishi orqali Son_Kvadrati( ) funktsiya e`loni programma matniga qo`shiladi:
#include “header.h”
int main( )
{
int Uzgaruvchi = 5;
cout << Son_Kvadrati(Uzgaruvchi);
return 0;
}
long Son_Kvadrati(int x)
{
return x*x;
}
Xuddi shu masalani sarlavha faylidan foydalanmagan holda funktsiya e`lonini programma matniga yozish orqali ham hal qilish mumkin:
long Son_Kvadrati(int);
int main( )
{
int Uzgaruvchi = 5;
cout << Son_Kvadrati(Uzgaruvchi);
return 0;
}
long Son_Kvadrati(int x)
{
return x*x;
}
Programma ishlashida o`zgarish bo`lmaydi va natija sifatida ekranga 25 sonini chop etadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling