Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet36/50
Sana15.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1270223
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
Amaliy mashg amaliy matematika 1 kurs

strstr() funktsiyasi quyidagicha e`lon qilinadi:
char* strstr(const char* str, const char* substr)
Bu funktsiya str satrini substr satr ostisi kirishi bo`yicha qarab chiqadi, agar substr satr ostisi str satriga to`liq kirishi mavjud bo`lsa, birinchi kirishdagi birinchi belgining adresi javob tariqasida qaytariladi, aks holda funktsiya NULL qiymatini qaytaradi.
Turlarni o`zgartirish funktsiyalari.
C++ tilining strlib.h kutubxonasida bu amallarni bajaruvchi funktsiyalar to`plami mavjud. Quyida nisbatan ko`p ishlatiladigan funktsiyalar tavsifi keltirilgan.
atoi( ) funktsiyasi sintaksisi
int atoi (const char* ptr)
ko`rinishga ega bo`lib, ptr ko`rsatuvchi ASCIIZ–satrni int turidagi songa o`tkazishni amalga oshiradi.
atol( ) funktsiyasi xuddi atoi( ) funktsiyasidek amal qiladi, faqat funktsiya natijasi long turida bo`ladi. Agar hosil bo`lgan son qiymati long chegarasiga sig`masa, funktsiya kutilmagan qiymatni qaytaradi.
atof( ) funktsiyasi
double atof (const char* ptr)
ko`rinishida aniqlangan bo`lib, ptr ko`rsatuvchi ASCIIZ–satrni double turidagi suzuvchi nuqtali songa o`tkazishni amalga oshiradi.
strtod( ) funktsiyasi atof( ) funktsiyasidan farqli ravishda satrni double turidagi songa o`tkazishda konvertatsiya jarayoni uzilgan paytda aylantirish mumkin bo`lmagan birinchi belgi adresini ham qaytaradi. Bu o`z navbatida satrni xato qnomida qayta-ishlash imkonini beradi.
strtod( ) funktsiya sintaksisi
double strtod(const char *s, char **endptr)
Bir qator funktsiyalar teskari amalni, ya`ni berilgan sonni satrga aylantirish amallarini bajaradi.
itoa( ) va ltoa( ) funktsiyalari mos ravishda int va long turidagi sonlarni satrga ko`rinishga o`tkazadi. Bu funktsiyalar mos ravishda quyidagi sintaksisga ega:
char* itoa(int num, char *str, int radix) va
char* ltoa(long num, char *str, int radix)
gcvt( ) funktsiyasi
char* gcvt(double val, int ndec, char *buf);
ko`rinishdagi prototipga ega bo`lib, double turidagi val sonini buf ko`rsatuvchi ASCIIZ satrga aylantiradi.
Topshiriqlar
1. s1, s2, .... belgilar ketma-ketligi berilgan. s1¹”!” , ammo ”!” belgisi berilgan ketma-ketlikda hech bo‘lmanagda bir marta uchraydi. s1 , s2 , ..., sn birinchi ”!” belgisidan avval kelgan belgilar ketma-ketligi bo‘lsin. ( n – oldindan ma’lum emas).

  1. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda “y” harfi uchraydimi ?

  2. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda bo‘sh joy belgisi necha marta uchraydi?

  3. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda “y” harfi ko‘pmi yoki “x” harfi?

  4. s1 , s2 , ..., sn ketma-ketlikda “misol” so‘zidagi barcha harflar qatnashadimi ?

  5. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda yonma-yon keluvchi bir xil belgilar mavjudmi ?

  6. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikdagi eng katta raqamni aniqlang. U 7 dan kattami ?

  7. s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda qatnashgan eng katta sonni toping.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling