Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
Amaliy mashg amaliy matematika 1 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turlarni o`zgartirish funktsiyalari
strstr() funktsiyasi quyidagicha e`lon qilinadi:
char* strstr(const char* str, const char* substr) Bu funktsiya str satrini substr satr ostisi kirishi bo`yicha qarab chiqadi, agar substr satr ostisi str satriga to`liq kirishi mavjud bo`lsa, birinchi kirishdagi birinchi belgining adresi javob tariqasida qaytariladi, aks holda funktsiya NULL qiymatini qaytaradi. Turlarni o`zgartirish funktsiyalari. C++ tilining strlib.h kutubxonasida bu amallarni bajaruvchi funktsiyalar to`plami mavjud. Quyida nisbatan ko`p ishlatiladigan funktsiyalar tavsifi keltirilgan. atoi( ) funktsiyasi sintaksisi int atoi (const char* ptr) ko`rinishga ega bo`lib, ptr ko`rsatuvchi ASCIIZ–satrni int turidagi songa o`tkazishni amalga oshiradi. atol( ) funktsiyasi xuddi atoi( ) funktsiyasidek amal qiladi, faqat funktsiya natijasi long turida bo`ladi. Agar hosil bo`lgan son qiymati long chegarasiga sig`masa, funktsiya kutilmagan qiymatni qaytaradi. atof( ) funktsiyasi double atof (const char* ptr) ko`rinishida aniqlangan bo`lib, ptr ko`rsatuvchi ASCIIZ–satrni double turidagi suzuvchi nuqtali songa o`tkazishni amalga oshiradi. strtod( ) funktsiyasi atof( ) funktsiyasidan farqli ravishda satrni double turidagi songa o`tkazishda konvertatsiya jarayoni uzilgan paytda aylantirish mumkin bo`lmagan birinchi belgi adresini ham qaytaradi. Bu o`z navbatida satrni xato qnomida qayta-ishlash imkonini beradi. strtod( ) funktsiya sintaksisi double strtod(const char *s, char **endptr) Bir qator funktsiyalar teskari amalni, ya`ni berilgan sonni satrga aylantirish amallarini bajaradi. itoa( ) va ltoa( ) funktsiyalari mos ravishda int va long turidagi sonlarni satrga ko`rinishga o`tkazadi. Bu funktsiyalar mos ravishda quyidagi sintaksisga ega: char* itoa(int num, char *str, int radix) va char* ltoa(long num, char *str, int radix) gcvt( ) funktsiyasi char* gcvt(double val, int ndec, char *buf); ko`rinishdagi prototipga ega bo`lib, double turidagi val sonini buf ko`rsatuvchi ASCIIZ satrga aylantiradi. Topshiriqlar 1. s1, s2, .... belgilar ketma-ketligi berilgan. s1¹”!” , ammo ”!” belgisi berilgan ketma-ketlikda hech bo‘lmanagda bir marta uchraydi. s1 , s2 , ..., sn birinchi ”!” belgisidan avval kelgan belgilar ketma-ketligi bo‘lsin. ( n – oldindan ma’lum emas). s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda “y” harfi uchraydimi ? s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda bo‘sh joy belgisi necha marta uchraydi? s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda “y” harfi ko‘pmi yoki “x” harfi? s1 , s2 , ..., sn ketma-ketlikda “misol” so‘zidagi barcha harflar qatnashadimi ? s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda yonma-yon keluvchi bir xil belgilar mavjudmi ? s1, s2, ..., sn ketma-ketlikdagi eng katta raqamni aniqlang. U 7 dan kattami ? s1, s2, ..., sn ketma-ketlikda qatnashgan eng katta sonni toping. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling