Namangan davlat universiteti biotexnologiya fakulteti
Download 145.26 Kb.
|
Kurs ishi MARJONA 2022
§.1.4. DNK reparatsiyasi
Reparatsiya (genetikada) — fizikkimyoviy omillar taʼsirida zararlangan DNK molekulasi tabiiy (nativ) strukturasining oʻz-oʻzidan qaytatiklanishi. R. barcha organizmlar hujayrasi uchun xos boʻlib, hujayraning maxsus fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. R. ultrabinafsha va ionlovchi nurlar taʼsirida zararlangan bakteriyaning DNK molekulalarida yaxshi oʻrganilgan. R.ning 3 xil asosiy mexanizmi: fotoreparatsiya (fotoreaktivatsiya), ekssizion R. va postreplikativ P. aniqlangan. Fotoreparatsiya ultrabinafsha nurlar taʼsirida DNK molekulasida hosil boʻladigan siklobutan dezoksiribopirimidin — fotoliaza fermenti yordamida parchalanishidan iborat. Ekssizion R. — DNKning zararlangan joyini anik,lash, uni kesib tashlash va matritsa asosida kesilgan joyni qayta sintez qilib, DNK zanjirining izchilligini tiklash. Postreplikativ R. replikatsiyagacha DNKda paydo boʻlgan, lekin ekssizion replikatsiyada barcha jarohatlangan joylarni tiklash imkoniyati boʻlmagan takdirda ishga tushadi. Bunday hollarda jarohatlangan molekulalarning yangilanishi bir zanjirli kemtik (nuqsonli) molekulalarning paydo boʻlishiga olib keladi; nativ (tabiiy) strukturani tiklash esa rekombinatsiya orqali amalga oshiriladi. R. jarayonining fermentlari reduplikatsiya, rekombinatsiya va mutatsion jarayonlar reaksiyalarini kataliz qilishda ham ishtirok etadi. Mutatsion jarayonda hujayrada xatolikka yoʻl qoʻyishga moyil boʻlgan induksion R.ning oʻziga xos tipi ishga tushadi. Natijada DNK ning tabiiy strukturasi tiklanadi, ammo undagi genetik axborotda xatoliklar paydo boʻladi. R.ga toʻsqinlik qiluvchi mutatsiyalar koʻpincha mutatsion jarayonning tezligini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bir qator irsiy kasalliklar (pigmentli kseroderma, ataksiya — teleangiektaziya, progeriya) R. sistemasi nuqsonlari bilan bogʻliq. R.da nuqsonlarga ega boʻlgan va jarohatlovchi omillarga nisbatan juda sezgir bakteriya va zamburugʻ shtammlaridan genetik toksikologiyada indikatorlar sifatida foydalaniladi. Radiobiologiyada R. tushunchasi ultrabinafsha va ionlovchi nurlardan zarar koʻrgan biologik obʼyektlarning qayta tiklanishidan iborat. Koʻp hujayrali organizmlarda R. nurlanishidan zararlangan organ va toʻqimalarning regeneratsiyasi shaklida namoyon boʻladi. Download 145.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling