Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
qorachiqlar supasida qora libos kiygan sehrgar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
qorachiqlar supasida qora libos kiygan sehrgar o’tirganini ko’rarding, sehrgar
o’ziga tez-tez josusona nigoh tashlayotgan anchayin sur ko’zlarga goho ajablanish, goho hayrat tuzoqlarini qo’yardi, goh o’zining sahnasiga qoqsuyak, xo’mraygan yuzning suratini chizardi; goh kichkina bu saltanatga bostirib kirmoqchi bo’layotgan ayg’oqchi nigohlarni tahdidona muzaffarlik bilan qarshi olardi va o’zining shu taxlit tilsimona o’yinlari bilan har qanday baxt va baxtsizlik haqidagi tushunchalardan yuksakda turishini isbot etmoqchi bo’lardi. Mikromatnda ajratib ko’rsatilgan birikmalar yozuvchi badiiy tafakkurining hosilasidir. N.Eshonqul nigoh, nazar so’zi o’rnida ko’zlarning qirlari, saodat
Matnda ifodalangan ob’ektlarning bu tarzda nomlanishi matn referentsiyasi va real voqelik o’rtasidagi muvofiqlikning o’quvchi tomonidan idrok etilishini kognitiv va psixologik jihatdan bir oz murakkablashtiradi. Boisi – retsipient matn muallifi idiolektida mavjud bo’lgan, ammo eksplitsit tarzda ifodalanmagan ob’ektning mohiyatini turli assotsiatsiyalar va tasavvurlar asosida o’zi kashf etishi lozim bo’ladi. Demak, mazmuniy idrok zanjirida yana bir xalqa – o’quvchi kognitiv faoliyatining ham bo’lishi zaruriy shartlardan biridir. O’xshatish asosida yuzaga kelgan matnlarda shu narsa diqqatga sazovorki, har bir ijodkor o’xshatish mazmunini turli sintaktik shakllarda ifodalaydi. Bunday nutqiy tuzilmalarda matn muallifining o’xshatishga asoslangan obrazli tafakkur tarzi to’liq verbal holatda, shuningdek, implitsit tarzda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, o’xshatish qurilmalarida matn muallifining psixologik-kognitiv faoliyati o’zining aniq ifodasini topadi. O’.Hoshimov qalamiga mansub quyidagi matn bunga misol bo’la oladi: Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz... Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo’g’ilib ketasiz. (“Daftar hoshiyasidagi bitiklar”) N.Eshonqul qalamiga mansub matnlarda esa o’xshatishga asoslangan kognitiv faoliyatning o’ziga xos shaklda ifodalanganligini ko’ramiz: yozuvchi aniqlovchi – aniqlanmish tipidagi birikmalar vositasida o’xshatishga asoslangan yangicha metaforik ifodalarni yaratadi: Qo’shiq aytayotgan juvon qiyofasidagi o’zi izlagan qo’shiq ilohasi shu bir necha soniyada ayolni tashlab ketgan edi; u iloha o’rnida eriga ko’r-ko’rona mehr qo’ygan, o’zining notavon, baxtiqaro ekanligini eslashdan ham qo’rqib, ho’ng- ho’ng yig’lab yotgan ojiz va nochor ayol qolgan edi. SHamsi Salohning ko’nglida yana birdan tushkunlik bayroqlari hilpiray boshladi. (N.Eshonqul. “Momoqo’shiq” qissasi) O’xshatishga asoslangan matnlarga xos yana bir xususiyat borki, bu matnni tashkil etgan propozitsiyalarning ob’ektiv voqelik bilan bevosita bog’lanmasligidir. ... hayot yo mamot jangiga kirgan qadim massagetlar malikasi yanglig’ yuzi va avzoyiga har qanday o’tinchu iltijolar o’tmaydigan sovut kiyib olgan Hosila o’sha kuni xonasiga va ko’zlariga tishlarini qayrab yotgan nafrat ajdahosini bog’lab qo’ygan edi: uni ko’rgan kundan chirqillab sayray boshlagan va unga tomon besarupoy uchib jo’nagan, biroq manzillariga yetmay daydi va hosila- iltifotsiz ko’zlaridan otilgan o’qlardan bir-bir halok bo’lgan ko’nglim Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling