“...tilda badiiylikka xizmat qiluvchi vositalar qanchalik ajralib, ma’lum bo’lib
turgan bo’lsa ham har bir ijodkor ularni tanlashda o’ziga xos yo’ldan boradi. SHu
orqali faqatgina g’oyaviy pishiq, badiiy mukammal, kitobxonga estetik zavq
beradigan asarlar namunasini yaratibgina qolmasdan til vositalaridan foydalanishda
o’ziga xos mahoratini ham namoyish qilishi va shu bilan badiiy uslub kamolotiga
o’z hissasini qo’shishi tabiiydir”.
130
Yozuvchi hayotni o’rganish, odamlarni
kuzatish, asarga material to’plash jarayonida paydo bo’lgan g’oyaviy maqsadini
o’z dunyoqarashi doirasida takomillashtiradi. Asarni yozish davomida esa o’z
tafakkurida jamlangan voqea –hodisalardan eng zarurlarini tanlab, saralab oladi va
ularni o’ziga xos tarzda ifodalaydi. SHu tarzda nimalarni ifodalashi va qay tarzda
ifodalashiga ko’ra yozuvchi uslubi yuzaga chiqadi. O’ziga xos uslubga ega bo’lish
hayotga boshqacha nigoh tashlash, uni turli rakurslardan kuzatish va to’g’ri
xulosalar chiqarish qobiliyati sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: