Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
ichkariga ketgan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolgan bir mahluq edi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ...buni qarang-a, bizning uyimizga o’g’ri kepti. Bizni ham
ichkariga ketgan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolgan bir mahluq edi”.
124
Ammo ijobiy yoki salbiy personajning tasviriga ko’ragina muallifning dunyoqarashi aynan shunday deya xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. Badiiy asar qancha hajmga ega bo’lishidan qat’iy nazar turfa olam, murakkab hayotning bir bo’lagini aks ettiradi. “O’zini-o’zi tanishtiradigan” bunday obrazlarning retsipient tomonidan qabul qilinishi oson, ularga nisbatan simatiya yoki antipatiya portret ta’siridayoq hosil bo’ladi va voqealar rivoji davomida bu munosabat mustahkamlanadi. Demak, produtsient shu yo’l bilan ham retsipientga yengillik yaratib, matnning qabul qilinishiga qaysidir darajada yordam beradi. Ba’zi asarlarda esa mutlaqo boshqacha yondashuvni ko’ramiz. Ya’ni yozuvchi qahramonining botiniy go’zalligini bo’rttirib ko’rsatish maqsadida ataylab tashqi ko’rinishini ko’rimsiz, oddiy, hatto, jismoniy kamchilikka ega odam sifatida
124
Абдулла Қодирий. Ўтган кунлар. Т., 1974. Б. 177.
tasvirlaydi. O’quvchi ma’lum nuqtagacha bunday obrazni yo yaxshi, yo yomon deya baholay olmaydi. Bunday qahramonlar o’zlarining yuksak insoniy fazilatlari, odamiyligi va samimiyligi bilan kitobxon mehrini qozonadilar. Ularning portretini har bir retsipient o’z dunyoqarashiga ko’ra o’zi mustaqil yaratadi va bu kabi obrazlar ular uchun qadrli bo’lib qoladi. “Ufq” romanidagi ko’rimsiz, tortinchoq Nizomjonni, “Avlodlar dovoni”dagi Nizomni, “Ming bir jon” dagi hayotsevar Masturani bir eslang-a. Esladingizmi?! Endi ularning tashqi qiyofasini tasvirlab bering-chi?! Ha, qiynalyapsiz, chunki sizning ongingizda Halol, Mard, Pok, Iymonli. Mehnatkash inson kontseptlari asosi da o’zingiz har gal yangitdan chizadigan portretlar galereyasi bor. (Sababi, vaqt o’tishi bilan insonning dunyoqarashi, saviyasi, voqea-hodisalarga munosabati o’zgarib turadi) Yozuvchilarning o’ziga xosligini yaqqol ko’rsatib turadigan narsa bu uning tilidir. Badiiy matn tilining o’ziga xosligi personajlarning ruhiy kechinmalari, iztirobu shodliklari, ko’rgan kechirganlari, intim tuyg’ularining qay tarzda aks ettirishda ko’rinadi. Badiiy adabiyot tilida o’sha asar yaratuvchisining o’ziga xos individual xususiyatlari ko’rinar ekan, yozuvchining uslubi ikki muhim nuqtada idrok etish uslubi va ifoda etish uslubida namoyon bo’ladi. “…yozuvchining dunyoqarashi, o’y fikri, uning tushunish darajasi, yangilik –ixtirosi uning asarlarida badiiy til orqali yuzaga keladi”. “Til har bir yozuvchining o’ziga xos stilini ta’min etuvchi asosiy omillardan biri bo’lib, san’atkor qalamiga xos bo’lgan individual tomonlar boshqa ko’p badiiy faktorlarga nisbatan tilda ko’proq namoyon bo’ladi”....buni qarang-a, bizning uyimizga o’g’ri kepti. Bizni ham Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling