Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


“Qaynota bilan kuyovning ko’zlari to’qnashdi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#191470
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
psixolingvistika.

“Qaynota bilan kuyovning ko’zlari to’qnashdi. 

-Bilib  turib  atay  qildingiz-a?  –  dedi  Elchinning  ko’zlari.  Bunchalik 

makkorligingizni  hisobga  olmagan  ekanman.  Bir  qo’lingiz  bilan  boshimni 

silab, ikkinchisi bilan jonimni sug’urib olmoqchi bo’ldingiz-a?! 

-Sen  bola  bundan  battar  azoblarga  loyiqsan,    dedi  Asadbekning 

ko’zlari. - Men umr bo’yi azob tortgin, deb seni o’limdan saqlab qoldim. Sen 

mening yuragimni tilib, tuz sepgansan.  Bu  yara  o’lgunimcha meni azoblaydi. 

Sen ham o’lguningcha qaqshaysan. SHunda hisob-kitobimiz to’g’ri bo’ladi...” 

                                                

1

 Мурод Муҳаммад Дўст. Лолазор. Т., 1988. Б. 142. 




Imo-ishoralar  verbal  vositani  to’la  kompensatsiya  qilganda  ham,  verbal 

vositaning  izi  –  artikulyatsiyasi  seziladi.  Bundan  imo-ishoraning  ma’lum  nutq 

vaziyati taqozosi bilan fikr ifodalash vazifasida qo’llanilishi vaqtincha – fakultativ 

ekani ko’rinadi. SHuning uchun nutq birliklari vazifasida kela oladigan substitutiv 

xarakterdagi 

paralingvistik 

vositalarning 

vazifa 


doirasi 

cheklanganligini 

unutmaslik  lozim.  Muloqotda  hatto  sukut  ham  noverbal  informatsiya  vositasi 

sifatida  ishtirok  etadi  va  situativ,  sotsial  hamda  psixologik  faktorlarga  bog’liq 

holda  o’ziga  xos  kommunikativ  mazmun  ifodalaydi.  Masalan,  Sukut  alomati  – 

rizo.  Yuqoridagi  fikrlarni  umumlashtirib  muloqot  inson  psixologiyasi  va 

fiziologiyasi bilan chambarchas bog’liq hodisadir, har qanday nutq tafakkur bilan, 

tafakkur esa ruhiyat bilan bog’liqdir degan xulosaga keldik. Tanani ruh boshqarib 

turadi.  Demak,  ruhga  ta’sir  har  qanday  narsa  nutqqa  ham  ta’sir  etadi.  Jumladan, 

paralingvistik muloqot ham inson ruhiy holati bilan uzviy bog’liq. 




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling