Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Javobsiz  muhabbatdan  telba  bo’lgan  Zaynabning  ushbu  holatini


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#191470
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
psixolingvistika.

Javobsiz  muhabbatdan  telba  bo’lgan  Zaynabning  ushbu  holatini 

kuzataylik: “Ko’laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi... 

-  Kim bu? 

-  Men Kumush!.. 

Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. 

-  Ket mundan! 

-  Men Kumush!.. – dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi”. 

Zaynab  Otabekka  shu  qadar  oshiq  ediki,  hatto  majnunalik  holida  ham 

suyuklisi  uchun  Kumush  bo’lishni  istaydi.  Go’yoki,  “Kumush”  so’zi  javobsiz 

muhabbatining javobini topib beradigan, jondan ortiq ko’rgan insonining yuragiga 

yo’l  ochib  beradigan  sehrli  so’z  edi.  Go’yoki,  ojiza  ayolning  baxtsizligiga  sabab 

yolg’izgina  “Zaynab”  degan  ismi  edi.  Zaynab  cho’kayotgan  odam  cho’pga 

yopishganday,  zaif  ong  osti  sezgilari  bilan  so’nggi  chorani  qo’llamoqchi  bo’ladi. 

Ammo  anglanmagan  bu  harakat  o’zini  oqlamaydi.  Atrofimizdagi  insonlarning 

taqdiriga e’tibor berib qarasak, qandaydir og’ir ruhiy zarba tufayli aqldan ozganlar 

mana  shu  holga  sabab  bo’lgan  ismlarni,  holatlarni,  joylarning  nomini  beixtiyor 

takrorlab yurishlariga guvoh bo’lamiz. 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling