Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#191470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
psixolingvistika.

5- 6 – mavzu: 

NUTQIY FAOLIYATNING UMUMIY QONUNIYATLARI 

1. Og’zaki nutq yaratilishining psixolingvistik jihatlari 

Fikrning  moddiy asosi  nutqdir. Nutq  faqatgina  fikr afodalash  vositasi emas, 

balki  fikrni  shakllantiruvchi  vosita  ham  hisoblanadi.  So’zlovchi  va  tinglovchi 

o’rtasidagi  axborot  uzatish  va  axborotni  qabul  qilish  jarayoni  nutqiy  faoliyat 

sanaladi.  Ferdinad  de  Sossyur  nutqiy  faoliyatning  til  va  nutq  zidlanishi  asosida 

amalga oshishini ta’kidlab, nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til ekanligini 

aytgandi.  Psixologlar  nutq  faoliyatini  odam  tomonidan  ijtimoiy  tarixiy  tajribani 

o’zlashtirish  va  avlodlarga  berish  yoki  kommunikatsiya  o’rnatish  yoki  o’z 




harakatlarini  planlashtirish  maqsadida  tildan  foydalanish  protsessi  sifatida 

ta’riflaydilar. Nutqiy  faoliyat jarayoni ko’p bosqichli. Nutqiy faoliyatning yagona 

kontseptsiyasini  shakllantirishda  rus  tilshunosi,  psixolingvisti  A.A.Leontevning 

xizmatlari  katta.  U  o’z  ilmiy  ishlarida  nutqning  psixologik,  lingvistik, 

neyrofiziologik,  falsafiy  jihatlarini  umumlashtirdi.  Leontev  nutqning  vujudga 

kelishini  murakkab  bosqichli,  davriy  shakllanishga  ega  nutqiy  harakat  sifatida 

baholaydi. 

Olimning fikricha, nutqning vujudga kelish bosqichi quyidagicha: 

a) ifodaning grammatik-sintaktik tamonlarini programmalashtirish; 

b) grammatik realizatsiya va so’z tanlash; 

v) ifoda (sintagma) komponentlarini programmalashtirish; 

g) tovush tanlash; 

d) ifoda; Axutina taklif etgan jadvalda bu yaqqol aks etgan. 

Motiv 


Fikr 

Ichki dasturlash 

Leksik izlanishlar 

(so’z tanlash) 

Grammatik konstruktsiyalar tanlash 

(loyihalash) 

Motor reallashuv 

(tashqi nutq) 

SH.Safarov nutqiy faoliyatning yuzaga kelishini quyidagicha izohlab, tashqi 

nutqni “tasavvurga  lisoniy libos berish” deb ta’riflaydi.  Til tizimining o’zi  nutqiy 

faoliyat natijasida mavjuddir, uning tabiati va mohiyati nutqiy  muloqot jarayonida 

namoyon  bo’ladi.  SHunday  ekan,  til  birlik  larining  ma’no  xususiyatlari  nutqda 

voqelanadi,  aniq  tus  oladi.  Har  bir  nutq  ijodkori  voqelikda  kechayotgan  hodisani 

o’zicha  idrok  etadi,  uni  ma’lum  makon,  zamon  hududida  tasavvur  qilib,  hosil 

bo’lgan mantiqiy tasavvurga lisoniy libos beradi.

110


 

Nutqning  vujudga  kelish  jarayoni  ikki  bosqichdan  iborat  ekanligi  haqida 

dastlab  Vыgotskiy  shunday  degan  edi:  “Jonli  nutqiy  tafakkur  dasturida  harakat 

                                                

110

 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Т., 2008. Б. 168. 




motivdan  boshlanib,  fikrdan  fikr  shakllanib  ichki  so’zga,  keyin  tashqi  so’zga  va 

nihoyat so’zlarga aylanadi”.

111

 Demyankov 



V.Z.

 matn yaratilish jarayoni ham ikki 

bosqichdan  iborat  ekanligini  ta’kidlaydi.  Matn  tuzishni  rejalashtirish  (kontseptual 

mazmunni  tartibga  solish);matn  generatsiyasi  (tabiiy  tilga  transformatsiya  qilish). 

SHu o’rinda bir  narsani  ta’kidlash zarur, bizningcha,  Axutina taklif etgan chizma 

ruhan  sog’lom  odamlargagina  mos  keladi.  Ruhiy  xasta,  mast,  hatto  uyqusirash 

holatida ham ichki nutq bo’lmaydi, har qanday ma’nodan holi tashqi nutq bo’ladi, 

xolos. Vыgotskiy ta’rifidagi birinchi bosqich – motivlash, bir so’z aytishdan oldin 

fikrlash  bosqichi  ro’y  bermaydi.  Fikrimiz  isboti  sifatida  barchaga  yaxshi  tanish 

bo’lgan badiiy matnlarga murojaat qilamiz: 




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling