Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
Diskurs tushunchasi hozirgi davrda o’ta jadallik bilan sodir bo’layotgan
fanlar integratsiyasini o’zida yaqqol namoyon etadi. U adabiyotshunoslik, tilshunoslik, falsafa, tarix, sotsiologiya, antropologiya, pedagogika, siyosatshunoslik kabi fan sohalarining har birida maxsus definitsiyaga ega bo’lishi bilan birga, bugungi kunda yangi yo’nalishlardan biri hisoblangan diskursiv tahlilning ham markaziy muammolaridan biriga aylandi.
83 Қаранг: Жинкин Н.И. Речь как проводник информации. – М.: Наука, 1982. – С. 157. 84 Седов К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С. 10-11. Ma’lumki, diskurs (fr. Diskours – nutq, harakat) termini dunyo tilshunosligida bir necha ma’noda talqin qilinadi. Bu termin dastlab bog’lanma matn tushunchasini ifodalagan bo’lsa, keyinchalik suhbat, dialog tushunchalariga nisbatan ham qo’llanila boshlandi 85 . Antropotsentrik paradigmaning rivojlanishi natijasida diskurs termini yanada kengroq ma’noga ega bo’lmoqda. Mazkur termin ostida hozirgi kunda o’zida nolisoniy, xususan, psixologik, ijtimoiy va shaxs ongi bilan bog’liq omillarni mujassam etgan nutq tuzilmasini tushunish tendentsiyasi kuchayib bormoqda 86 . SHu bilan birga, diskurs so’zi ifodalagan hodisani sof tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etib bo’lmasligi, bunda shaxs omili bilan bog’liq bo’lgan bir necha fanlarning hamkorligi taqozo etilishi ham ayni kunda e’tirof etilgan haqiqatdir 87 . Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling