Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
Ichki nutq = 0
Tashqi nutq. Motor reallashuv. Ba’zan, har ikki modelga ham mos kelmaydigan holatlarni uchratamiz. Affektiv holat o’ta kuchli bo’lganda, yoki kommunikantlardan biri muloqotni davom ettirishni istamaganda umuman nutqiy apparat harakatga kelmasligi mumkin. Bunday holatda paralingvistik vositalar kommunikativ vosita sifatida birinchi planga chiqadi. Bunday holatlarni professor A.Nurmonov kommunikatsiya kanalining funktsionallashuviga qarshilik deya izohlaydi. “Bu qarshilikning o’zi ikki xil: ichki va tashqi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, kommunikatsiya ochiqlikda yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq bo’lsa yoki masofa yaqin bo’lib, kuchli shovqin suhbatga halaqit bersa, qo’shimcha noverbal vositalarga – imo-ishora va mimikalarga ehtiyoj kuchayadi. Ichki sabablari esa so’zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari bilan bog’liqdir”. Mana shunday ilmiy xulosalarga tayangan holda ushbu holatlar uchun ham nutqning yaratilish jarayoni modelini ikki xil variantda taklif etamiz. Sababki, kuchli ruhiy zo’riqish – stress holatida, miya faoliyatidagi ayrim o’zgarishlar bilan bog’liq xastaliklarda, ichki nutq va tashqi nutq nolga teng bo’lsa, so’zlashishni xohlamaslikda esa vaziyat butunlay boshqacha. Unda ichki nutq bilan bog’liq barcha jarayonlar amalga oshiriladi. Tashqi reallashuvga tayyor holatga keltiriladi, faqat so’zlovchining ongli ravishdagi istagiga ko’ra tashqi nutq reallashmaydi. Ichki nutq Maqsad
Fikr Ichki dasturlash
Fonetik izlanishlar Leksik izlanishlar
2. Tashqi nutq = 0 3. Paralingvistik vositalar Imo-ishora, mimika, badan harakatlari kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo’shimcha vositalar sanaladi. Ular axborot uzatishga, uning mazmunini to’ldirishga xizmat qiladi. Bu ko’proq jonli nutqda namoyon bo’ladi va so’zlovchining fikrini qisqa, lo’nda, ta’sirchan ifodalash maqsadi bilan izohlanadi. Ma’lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida qo’l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-pastligi, cho’ziq yoki qisqaligi ham ma’no ifodalaydi. Va aksincha, tinglovchining olayotgan informatsiyaga munosabati ham uning yuz ifodasidan ham sezilib turadiki, so’zlovchi shunga qarab keyingi jumlalarni tuzishda tinglovchi bilan moslashishga harakat qiladi. Psixolingvistik tahlillarda paralingvistik vositalarga nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi. Kolshanskiy G.V. paralingvistik vositalar sub’ektning verbal kommunikatsiyasining chala
tomonlarini to’ldiradigan kommunikativ podsistemaligini aytadi. 95 G.M.Nikolaeva B.A.Uspenskiy esa informatsiyada qatnashadigan barcha yordamchi vositalarni uch guruhga ajratadilar.
95 Колшанский Г.В. Паралингвистика. М., 1974. с. 6. 1. Tabiiy nutqni kuzatib boruvchi noverbal vositalar. 2. Nutq ifodasi o’rnida qo’llaniladigan noverbal vositalar. 3. Verbal vositalar bilan birga ishlatilib aralash holatni hosil qiladigan noverbal vositalar. Birinchi tur paralingvistik holat, ikkinchisi til belgilari substitutsiyasi, uchinchisi esa til va til bo’lmagan vositalar interferentsiyasi sifatida izohlanadi. Birinchi va uchinchi holatni kundalik hayotimizda ko’p kuzatamiz. Har ikkisida ham muloqot ham verbal, ham paralingvistik vositalar yordamida amalga oshsa-da, verbal vosita birinchi planga chiqadi va turli imo-ishoralar, mimikalar, xarakterizatorlar faqat nutqni kuzatib boradi. Psixolingvistik nuqtai nazardan aynan ikkinchi holatda insonning ruhiy holati yaqqol aks etadi. Paralingvistik vosita birinchi planga chiqadi. Muloqot asosan ko’z orqali amalga oshadi. Bunday axborot almashinuvining sifati kommunikantlarning bir-birining fe’l-atvori, ruhiyati, hayotini qay darajada yaxshi bilishlariga bog’liq bo’lib qoladi. “CHorshanbiev ustoziga ma’nodor qaradi: ko’rdingizmi, yana changalzor – selvalarga og’ib ketyapti. Yaxshiboev ko’zlarini bir yumib-ochdi, demoqchi bo’ldiki, parvo qilma, buning o’zi koyot”. 1 Yaxshiboev o’zlarini daho deb biladigan yosh ijodkorlarning ichki dunyosini besh qo’lday bilib turgani uchun shogirdining nigohidagi ma’noni darhol sezdi va buni arzimas narsa sifatida baholab, mensimaygina ko’z harakati bilan javob berdi. Ko’zlar –qalb oynasidir. Ruhiyatdagi evrilish qanchalik chuqur va dardli bo’lsa nigohlarning ta’sirchanligi, “so’zamolligi” shunchalik ortib boraveradi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling