Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#191470
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
psixolingvistika.

shaxsiyati  birinchi  o’rinda  turadi,  biz  hamma  narsani  faqat  u  orqaligina  qabul 

qilamiz  va  anglaymiz.  ”

119

Ijodkorning  shaxs  sifatidagi  o’ziga  xosligi  nutqiy 



faoliyatda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda ijodkorning psixologik quroli so’zdir va 

u orqali shaxsning intellektual faolligi, anglash, xotira va tafakkur kabi psixologik 

funktsiyalari  yuzaga  chiqadi.  “Badiiy  matnda  muallif  shaxsi  ko’p  qirrali  va  turli 

darajada – tilda, syujetda, mavzuda, g’oyada namoyon bo’ladi”.

120

 

Mavzu  tanlashda  produtsientning  (yozuvchi,  shoir,  dramaturg)  roli  katta, 



ya’ni  har  bir  ijodkorning  uzoq  yillar  davomida  xayolida  yetilayotgan  mavzulari 

bo’ladi. A. Qahhor bu jarayonni yozishga majbur qiladigan holat sifatida baholaydi 

va  bu  hol  ijtimoiy  hodisalarni  tahlil  qilish  asosida  yuzaga  kelishini  ta’kidlaydi.

121


 

“Ijtimoiy  hodisalarni  tahlil  qilish,  uning  yaxshi-yomon  ekanini  bilish  uchun 

yozuvchining saviyasi juda-juda baland bo’lishi kerak”

122


 ligini uqtiradi. 

Produtsient  individualligi  badiiy  matnda  tasvirlanayotgan  muammoda  va 

g’oyada  ham  namoyon  bo’ladi.  Borliqdagi  har  qanday  hodisa  san’at  sohasida 

tasvirlandimi  tamom,  u  nafaqat  borliqdagi  ma’nosiga,  balki  ijodkor  ichki 

dunyosining belgisiga ham aylanadi.

123


 SHuning uchun har qanday badiiy matnga, 

u  qaysi  millatga,  qaysi  adabiy-badiiy  an’analarga,  qaysi  madaniyatga 

mansubligidan qat’iy nazar muallif dunyoqarashi muhrlanadi. 

Asarning  g’oyaviy-tematik  mohiyati,  muallif  yaratgan  xarakterlar  asosida 

aniqlanadi  (konkretlashadi).  Ya’ni  asar  qahramonlarining  yurish-turishi,  ruhiy 

kechinmalari,  asar  g’oyasining  aniq  va  ishonchli  ifodalanishiga  xizmat  qiladi. 

Yozuvchi  ijod  jarayonida  o’zining  ichki  kechinmalariga  asoslanmay  iloji  yo’q. 

                                                

117

  Дмитрюк  Н.В.  Национально-культурная  специфика  вербальных  ассоциаций:  Автореф.  канд.  дисс.  М, 



1985. 

118


 Ингарден Р. Исследования по эстетике. М., 1962. С. 242. 

119


 Белинский Л.И. Танланган асарлар. Т., “Ўзбекистон” 1995. Б. 134. 

120


 Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. М., 1971, С. 406-407. 

121


 Қуронов Д. Мутолаа ва идрок машқлари. Т., 2013. Б. 28. 

122


 Қаҳҳор А. Асарлар. Т., 1989,5-жилд. Б. 66. 

123


 Цит. по, Белянин В.П. Психологические аспекты художественного текста. М., 1988. С. 20. 


Asar qahramonining xarakterini, shaxsini ochishda ixtiyoriy yoki beixtiyor o’z his-

tuyg’u istak va talablarini tasvirlaydi. Boshqacha aytganda, muallif matndagi ijobiy 

qahramonga  o’ziga  yaqin  va  tushunarli  bo’lgan  sifatlar  beradi,  personajlarning 

hayoti,  harakatlari  ham  muallif  nazarida  to’g’ri,  ayni  haqiqat  deb  tan  olingan 

yo’nalish  bo’yicha  amalga  oshadi.  Masalan,  Abdulla  Qodiriy o’z  qahramonlariga 

quyidagicha ta’rif beradi: 

Otabek:  “...og’ir  tabiatli,  ulug’  gavdali,  ko’rkam  va  oq  yuzli,  kelishgan 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling