Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
5- 6 – mavzu:
NUTQIY FAOLIYATNING UMUMIY QONUNIYATLARI 1. Og’zaki nutq yaratilishining psixolingvistik jihatlari Fikrning moddiy asosi nutqdir. Nutq faqatgina fikr afodalash vositasi emas, balki fikrni shakllantiruvchi vosita ham hisoblanadi. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi axborot uzatish va axborotni qabul qilish jarayoni nutqiy faoliyat sanaladi. Ferdinad de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlab, nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til ekanligini aytgandi. Psixologlar nutq faoliyatini odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini planlashtirish maqsadida tildan foydalanish protsessi sifatida ta’riflaydilar. Nutqiy faoliyat jarayoni ko’p bosqichli. Nutqiy faoliyatning yagona kontseptsiyasini shakllantirishda rus tilshunosi, psixolingvisti A.A.Leontevning xizmatlari katta. U o’z ilmiy ishlarida nutqning psixologik, lingvistik, neyrofiziologik, falsafiy jihatlarini umumlashtirdi. Leontev nutqning vujudga kelishini murakkab bosqichli, davriy shakllanishga ega nutqiy harakat sifatida baholaydi. Olimning fikricha, nutqning vujudga kelish bosqichi quyidagicha: a) ifodaning grammatik-sintaktik tamonlarini programmalashtirish; b) grammatik realizatsiya va so’z tanlash; v) ifoda (sintagma) komponentlarini programmalashtirish; g) tovush tanlash; d) ifoda; Axutina taklif etgan jadvalda bu yaqqol aks etgan. Motiv
Fikr Ichki dasturlash Leksik izlanishlar (so’z tanlash) Grammatik konstruktsiyalar tanlash (loyihalash) Motor reallashuv (tashqi nutq) SH.Safarov nutqiy faoliyatning yuzaga kelishini quyidagicha izohlab, tashqi nutqni “tasavvurga lisoniy libos berish” deb ta’riflaydi. Til tizimining o’zi nutqiy faoliyat natijasida mavjuddir, uning tabiati va mohiyati nutqiy muloqot jarayonida namoyon bo’ladi. SHunday ekan, til birlik larining ma’no xususiyatlari nutqda voqelanadi, aniq tus oladi. Har bir nutq ijodkori voqelikda kechayotgan hodisani o’zicha idrok etadi, uni ma’lum makon, zamon hududida tasavvur qilib, hosil bo’lgan mantiqiy tasavvurga lisoniy libos beradi. 110
Nutqning vujudga kelish jarayoni ikki bosqichdan iborat ekanligi haqida dastlab Vыgotskiy shunday degan edi: “Jonli nutqiy tafakkur dasturida harakat
110 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Т., 2008. Б. 168. motivdan boshlanib, fikrdan fikr shakllanib ichki so’zga, keyin tashqi so’zga va nihoyat so’zlarga aylanadi”. 111 Demyankov V.Z. matn yaratilish jarayoni ham ikki bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Matn tuzishni rejalashtirish (kontseptual mazmunni tartibga solish);matn generatsiyasi (tabiiy tilga transformatsiya qilish). SHu o’rinda bir narsani ta’kidlash zarur, bizningcha, Axutina taklif etgan chizma ruhan sog’lom odamlargagina mos keladi. Ruhiy xasta, mast, hatto uyqusirash holatida ham ichki nutq bo’lmaydi, har qanday ma’nodan holi tashqi nutq bo’ladi, xolos. Vыgotskiy ta’rifidagi birinchi bosqich – motivlash, bir so’z aytishdan oldin fikrlash bosqichi ro’y bermaydi. Fikrimiz isboti sifatida barchaga yaxshi tanish bo’lgan badiiy matnlarga murojaat qilamiz: Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling