Javobsiz muhabbatdan telba bo’lgan Zaynabning ushbu holatini
kuzataylik: “Ko’laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi...
- Kim bu?
- Men Kumush!..
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.
- Ket mundan!
- Men Kumush!.. – dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi”.
Zaynab Otabekka shu qadar oshiq ediki, hatto majnunalik holida ham
suyuklisi uchun Kumush bo’lishni istaydi. Go’yoki, “Kumush” so’zi javobsiz
muhabbatining javobini topib beradigan, jondan ortiq ko’rgan insonining yuragiga
yo’l ochib beradigan sehrli so’z edi. Go’yoki, ojiza ayolning baxtsizligiga sabab
yolg’izgina “Zaynab” degan ismi edi. Zaynab cho’kayotgan odam cho’pga
yopishganday, zaif ong osti sezgilari bilan so’nggi chorani qo’llamoqchi bo’ladi.
Ammo anglanmagan bu harakat o’zini oqlamaydi. Atrofimizdagi insonlarning
taqdiriga e’tibor berib qarasak, qandaydir og’ir ruhiy zarba tufayli aqldan ozganlar
mana shu holga sabab bo’lgan ismlarni, holatlarni, joylarning nomini beixtiyor
takrorlab yurishlariga guvoh bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |