Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
4- AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu e’lon qilinadi: O’zbek tilshunosligida lug’atchilikka e’tibor. Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Ma’ruza darsida o‘tilgan Mog’ullar istilosi davrida o’zbek tilshunosligi’ (1206-1400) mavzusini nazariy hamda amaliy mustahkamlash. Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar, jadval. Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash. Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash Savollar: Bu davrda o’zbek va uyg’ur tillarining mustaqil tillar sifatida ajralishi. Noma’lum shaxs tomonidan yozilgan “Al tuhfatul zaxiyatu fi-lug’tit turkiya”-“Yurkiy tillar haqida noyob tuhfa”(“A-tuhfa”) asari tahlili. Asarda mentalingvistik qarashlar (tilning ijtimoiyligi haqida) Fonetika va grafika Grammatik masalalar bo’yicha qarashlar; ot va fe’lning Grammatik xususiyatlari, yordamchi so’zlar haqidagi qarashlar. 6. Asarning yozilgan joyi masalasi bo’yicha qarashlar. Savol-javoblar muhokamasi. 1. O’rta asr o’zbek leksikografiyasi haqida ma’lumot bering. 2. Lug’at maqolalarini joylashtirish tamoyillari qanday bo’lgan? 3. Mavzuiy lug’atlarning yaratilishi haqida gapiring. 4. Lug’atlarda Grammatik masalalar haqida gapiring. 5. Lug’at haqida ma’lumot bering? Lugatning vazifasi qanday? 6. Lug’at, avvalo, maqsadi va vazifasiga ko’ra nechiga bo’linadi? Ular haqida ma’lumot bering! 7. Umumiy ensiklopedik lug’at haqida ma’lumot bering! 8. Maxsus ensiklopedik lug’at haqida ma’lumot bering! 9. Umumiy filologik lug’at haqida ma’lumot bering! 10. Umumiy izohli lug’at haqida gapiring! 11. Orfoepik lug’at qanday lug’at? 12. Lug’atning yana qanday turlari mavjud? Ular haqida ma’lumot bering! 1- mashq. 1. Etimologik lug’at tuzing va tuzgan lug’tingizni qay usulda tuzganingizni tushuntirib bering. 2. O’zlashma lug’atini tuzig va uni izohlab bering. 3. Imlo lug’atini tuzing. Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berish, baholash. Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish: 1. Ters lug’atini tuzib kelish. 2. Dialektal lug’atini tuzish. 3. Terminologik lug’atini tuzish. 5- AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu e’lon qilinadi: O’zbek yozuvi taraqqiyoti masalasi. Imioga bo’lgan munosabatining tarixiy ildizlari. O’zbek tilining fonetik tizimi sohasidagi ishlar tahlili. Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Talabalarga o’zbek yozuvi haqida ma’lumot berish. O’zbek tilining fonetik tizimi sohasidagi ishlar orqali amaliy ko‘nikmani shakllantirish. Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar, jadval. Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum, amaliy mashq. Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash Savollar: 1. Temuriylar davrida o’zbek tilshunosligi. 2. Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari. 3. Navoiy falsafasida umumiylik va xususiylik. 4. Til va Nutq. Til va tillarning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar. 5. A.Navoiy – chog’ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning otasi. 6. A. Navoiyning fonetik qarashlari. 7. A. Navoiyning leksik qarashlari. 8. A. Navoiyning so’z yasalishi bo’yicha qarashlari. 9. A. Navoiyning morfologik qarashlari. 10. A. Navoiyning sintaktik qarashlari. Savol-javoblar muhokamasi. 1. Yozuv qachon paydo bo’lgan? 2. Arab grafikasi va o’zbek yozuvi. 3. 20-yillarda alifbo va imlo masalasi. Arab yozuvida unlilarning ifodalanishi. 1920-yilning 13-dekabrida Toshkent shahridagi “Behbudiy” klubida til-imlo masalasiga bag’ishlangan qurultoyning o’tkazilishi. Arab yozuvidan lotin grafikasi asosidagi yangi o’bek alifbosiga o’tishi. Rus grafikasiga mos ravishda qayta ishlangan orfografik qoidalar tastiqlanishi. 8. Lotin alifbosi asosidagi yangi o’zbek alifbosiga o’tish. Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish: Quyidagi reja asosida ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib konspekt yozing. Reja: 1. A.Navoiyning “Muhokamatul lug’atayn” asari haqida ma’lumot yig’ish. 2. Fonetika, leksika, so’z yasalishiga doir qarashlari. 3. A.Navoiy va nutq nadaniyati masalalari. 4. A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari. 6- AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu e’lon qilinadi: O’zbek tilining leksik tizimi sohasidagi ishlar tahlili. O’zbek tilshunosligida morfologiya, morfemika, so’z yasalishi bo’yicha qilingan tadqiqotlar tahlili. Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: O’zbek tilining leksikasini o’rganish. Mavzu yuzasidan ma’rizada olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar, jadval. Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash. Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash Savollar: Boburning “Voqeanoma” (“Boburnoma”) asarida nutq madaniyatiga oid qarashlarning berilishi haqida. Xumoyunga yozgan maktubida nutqqa oid qarashlarining ifodalanishi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling