Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


ABU RAYHON BYeRUNIY va IBN SINOLARNING LISONIY QARASHLARI


Download 0.93 Mb.
bet22/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

ABU RAYHON BYeRUNIY va IBN SINOLARNING LISONIY QARASHLARI


RYeJA:



  1. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy merosi.

  2. “Hindiston” asari haqida.

  3. “Saydana” asari haqida.

  4. Ibn Sinoning hayoti va ilmiy faoliyati.

  5. “Asbobi xudud al - xuruf” asari haqida.

Tayanch tushunchalar: Beruniy – qomusiy va polilog olim. Olimning tillar qiyosi haqidagi fikrlari, ”Saydana“ shifobaxsh o’simliklar lug’ati sifatida.
Ibn Sino – qomusiy olim. “Asbob”ning qulyozma va nashriy nusxalari; olimning fonetik qarashlari.
Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniyning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat 5O tachasigana yetib kelgan bo’lib, ularni o’rganish bu buyuk olimning astronomiya, matemetika, fizika, mineralogiya, geodeziya, jugrofiya, falsafa, filologiya kabi fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi nixoyatda ulkan ekanini ko’rsatadi. Birok Beruniyning shu kungacha fanga ma`lum bo’lgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va tula o’rganilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon qulyozmaligicha kolib kelmoqda. Shu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari, jumladan tilshunoslik karashlari, yetarli darajada yoritilmagan va munosib baxolanmagan. Beruniyning “"Tahqiq mo li-l-hind min maqo’la maqbo’la fi-l-aql av marzula” ("Hindlarning aklga sig’adigan yoki sig’maydigan ta`limotlarining haqiqatini aniqlash", "Hindiston"), "Al - Qonun al-Mas`udiy" ("Qonuni Mas`udiy"), "Geodeziya",' "Mineralogiya" va boshqa kitoblarida tarix, adabiyot, tilshunoslik kabi soxalarga oid qimmatli ma`lumotlar bor Abu Rayxon Beruniy o’zining "Hindiston" asarida hind tili haqida kimmatli fikrlar beradi.
Uningcha, "Hindlar bilan oramizning uzilib turishiga birmuncha sabablar bor. Ulardan biri lug’at - tilda o’zgalik bor. Undan keyin hindlarning tillari oddiy xalq urtasida ishlatiladigan va fozillar ishlatadigan sarf (morfologiya), ishtiqoq (etimologiya), nahv (sintaksis) va balogatning nozik qoidalariga asoslangan tilga bo’lingan".
Beruniy sanskrit tilining ancha qiyinligi, undan foydalanib yozilgan asarningg kuchiruvchisi juda extiyotkor bo’lishi zarurligi, u tildagi xususiyatlarga e`tibor berish kerakligini uktiradi.
Hindlarning tillari, deydi Beruniy, arab va fors harflariga tegishli tovushlarga to’g’ri kelmaydi va uxshamaydi, xatto, tilimiz u tovushlarni o’z joyidan chiqarib aytolmaydi; quloklarimiz ularning nutq, tovushlarini ajratib eshita olmaydi. Nutq tovushlarini ifodalovchi harflarni hindlar kabi yoza olmaymiz. Natijada ularning lugaviy birliklarini bizning xatimiz bilan ifodalash qiyinlashadi.
Ko’pincha hindlarning og’izidan bir ismni yaxshilab talaffuz qilishni o’rganib olamiz, keyin shu ismni ularga kaytarib aytsak anglamaydilar yoki zurga anglaydilar. Chunki hindlarning tillarida ikki va uch undosh harf ketma-ket keladi va ularni talaffuz qilish biz uchun ancha qiyin. Beruniyning ko’p tillarni bilish qobiliyatini "Hindiston" asari bilan tanishgach guvox bo’lamiz. U asarda keltirgan ma`lumotlarga qaraganda, ona tilidan - xorazmiy tilidan va turk fors, arab tillaridan tashkari yunon va suryoniy tillarini ham mukammal bilgan. Natijada u o’z kitobida 20lan ortiq yunon tilidagi asarlarga xavola beradi va iktibos keltiradi.
Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida til, yozuvning ahamiyati, sinonimiya xodisasi, hind atamalarini arab tilida berish usullari haqida atroflicha fikr beradi.
Sinonimiya tilning boyligi ekanligini, taraqqiyot darajasini ko’rsatib turuvchi xodisalardan biri ekanligini yozadi. Sinonimiya tufayli nozik ma`no ottenkalarini anglatish, rang - barang stilietik buyoklarni ifodalash mumkinligini uktiradi.
Nozik ma`no va buyoklarni bildirishidan tashqari, sinonimiya nutqni ravon qilib tuzishda, qaytariqlarning, shuningdek tovush noqulayligining oldini olishda ham muxim rol uynaydi. Bu haqda Beruniy shunday yozadi: "ularning tili so’zga boy va keng; arab tili kabi, ma`lum bir narsa biron o’zakdan olinib, o’ziga xos qilib belgilangan birmuncha ismlar bilan ataladi; maqsadni ifoda qilishda sifatlarni ko’proq aytishga extiyoj tug’iladigan ko’pgina narsalarga bitta ism beriladi".
Har bir til asosan o’z lug’at tarkibi va grammatik qurilishi bazasida o’z taraqqiyot qonunlari bilan usib, takomillashib boradi. Bundan tashqari, turli tilda gapiruvchilarning o’zaro aloqasi natijasida ham tillar bir - birini boyitib boradi. Xalqlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar natijasida bir til qurilishning birliklari ikkinchi tilga kirib boradi, shu tilga singab, uning o’z birligiga aylanib ketadi. Tildagi bu konuniyat to’g’risida Abu Rayxon Beruniy shunday yozgan edi: "Agar ism biron o’zakdan olingan bo’lib, arab so’zi bilan ularning ma`nosini berishi mumkin bo’lsa, bundan boshqa yulga yurmayman. Lekin hindchasini ishlatish yengilrok; bo’lsa, uning yozilish shakli juda aniqlangandan keyin, o’sha hindchani ishlataman. Yoki so’z chetdan kirgan bo’lib, o’zi juda mashxur bo’lsa, u ish ma`nosini aniqlagandan keyin o’zini ishlataman. Agar u ism - atama o’rnida bizda ham mashxur ism bor bo’lsa, bunda ish oson".
Beruniy hind yozuvining xususiyatlarini nazarda tutib, hind transkripsiyasining diqqatga sazovor tizimini ishlab chiqdi, U tomonidan ishlab chiqilgan transkripsiyada undoshlarni belgilashda arabcha talaffuz maromlariga begona bo’lgan belgilarni qullagan. Masalan, u "gof", "pe" va "chim" harflaridan hind tilidagi shunday harflarni ifodalash uchun foydalangan. Ko’pgina tadqiqotchilarning aytishicha, bu usul urdu tilida faqat XV - XVI asrlarda keng me`yorda ishlatida boshlagan. Bu narsa Beruniyning bunday xolni oldindan ko’ra bilishidir.
Umrining so’nggi yillarida olim dorivor o’simliklar, hayvonlar va ma`danlar tavsifiga bag’ishlab “Saydana” asarini yozdi. Olimning til va tilshunoslikka oid qarashlari bu asarda ham yaqqol ko’zga tashlanadi.
Tibbiyot sohasida katta shuhrat qozongan buyuk hakim Ibn Sino boshqa fanlar rivojiga ham munosib ulush qo’shgan qomusiy olimdir. Uning tilshunoslikka bag’ishlangan “Asbobi xudud al - xuruf” asari mavjuddir. Asarning bizgacha bir necha qulyozmalari yetib kelgan. Shuningdek, uning 4 ta nashri amalga oshirilgan. Ular Qohira, Tehron, Tbilisi va Toshkentda amalga oshirilgan. O’zbekcha nashri A. Mahmudov va Q. Mahmudovlar tomonidan bajarilgan.
“Asbob” asarida nutq tovushlarining fiziologik va akustik xususiyatlari chuqur o’rganilgan. Shuning uchun ham bu asar sof sinxron fonetika sanaladi. Asar kirish va 6 boblan iborat. Maxsus boblarda tovushlarning paydo bo’lish sabablari, nutq tovushlarining paydo bo’lish sabablari, bo’g’iz va tilning anotomiyasi, ayrim arab tovushlarining paydo bo’lishidagi o’ziga xos xususiyatlar xususida fikr yuritiladi. Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashadigan nutq organlari haqida keng ma`lumotlar beradi. Shuningdek, bu asarda ayrim fors – tojikcha va turkiy tildagi tovushlarning xususiyatlari haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Abu Rayhon Beruniy qanday sohalarga bag’ishlab asarlar yozgan?

  2. “Hindiston” asari haqida nimalarni bidasiz?

  3. “Saydana” qanday asar?

  4. Ibn Sino tabobatdan tashqari yana qanday sohalar bilan shug’ullangan?

  5. “Asbob” asarining asosiy xususiyatlarini so’zlang.

Adabiyotlar:

  1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar 1-2 tom. T., 1965.

  2. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. T., 1971.

  3. Ibn Sino. Fonetika haqida risola. T., 1979.

  4. O’rinboyev B. O’zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand, 1999.

  5. Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. T., 2002.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling