Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi


Download 0.93 Mb.
bet3/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

“O‘zbek tilshunosligi tarixi” asosiy ixtisoslik fani sifatida 6-semestrda o‘qitiladi. Ushbu fan “Hozirgi o‘zbek tili”, “Til tarixi”, “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “O‘zbek dialektologiyasi”, O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti” kabi fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirishga, o‘zbek tilshunoslining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, yirik tilshunos olimlar ta’limotlari borasidagi bilimlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.


Asosiy qismda (ma’ruza) kurs mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Talabalarda o‘zbek tilshunosligi tarixi bo‘yicha asosiy bilimlarni shakllantirish: o‘zbek tilshunosligida faol qo‘llangan terminlar mohiyatini anglash, tilshunoslikka doir nazariy masalalarning hal etilishi, yoritilishi, o‘zbek tilshunosligining shakllanishi tarixi, bosqichlari, X asrdan boshlab turkiy tilshunoslik va keyinchalik, o‘zbek tilshunosligining yuzaga kelishida yirik olimlarning o‘rnini belgilash, keyingi davr o‘zbek tilshunosligining shakllanishi uchun asos bo‘lgan manbalarni baholash bo‘yicha ma’lum bilimlarni o‘zlashtirish, bu bilimlarni amalga tatbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish jiddiy ahamiyati kasb etadi.




Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar

“O‘zbek tilshunosligi tarixi” kursini o‘zlashtirishda, o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida o‘tiladi. Shu bilan birga, ayrim masalalar talabalarga mustaqil o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladi. Fanni o‘tish va o‘zlashtirishda darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa adabiyotlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar zamonaviy pedtexnologiyaning “Klaster”, “Bahs-munozara”, Aqliy hujum”, “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan: kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar va internet materiallaridan, multimediya imkoniyatlaridan foydalanib olib boriladi.





Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling