Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


XX asrning 40-yillari va ikkinchi yarmi


Download 0.93 Mb.
bet7/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

XX asrning 40-yillari va ikkinchi yarmi
o‘zbek ilmiy tilshunosligi taraqqiyoti

Faxri Kamol, U.Tursunov , G‘ozi olim Yunusov, A. G‘ulomov, O.Usmonov, Sh.Shoabdurahmonov, T.Ibragimov, F.Abdullayev, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov kabi olimlarning lingvistik faoliyatlari haqida.


A.G‘ulomov va o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti. Uning “O‘zbek tilida aniqlovchilar” (1940 y.), “O‘zbek tilida kelishiklar”, “Badiiy asar tili haqida” (1941 y.), “O‘zbek tilida tarixiy so‘z yasalishi muammolari” (1955, doktorlik dissertatsiyasi), “Sintaksis” bo‘yicha asarlari tahlili.
A.Hojiyev, S.Ibrohimov, I.Rasulov, R.Qo‘ng‘urov, J.Muxtorov, Mutalibov, V.S.Reshetov, Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiyev, I.Qo‘chqortoyev, N.Mamatov, A.Mahmudov, J.Omonturdiyev kabi olimlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida.


Istiqlol davri o‘zbek tilshunosligi

Respublikamizda til siyosatida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarga chek qo‘yilishi. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotiga erkin yo‘l ochilishi. O‘zbek tilining leksikologiyasi va terminalogiyasining rivojlanishida asosiy omil bo‘lgan ichki imkoniyatlarning kuchayishi. B.Bafoyev, T.Mullayev, S.G‘oibov, S.Karimov, Yo.Tojiyev, A.Berdaliyev, A.Nurmonov, H.Ne’matov, N.Mahmudov, R.Rasulov, T.Mirzaqulov, Z.Do‘simov, E.Begmatov, H.Dadaboyev, M.Jo‘raboyeva, M.Narimonova kabi olimlarning tilshunoslik ishlari.




Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

“O‘zbek tilshunosligi tarixi” kursi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda talabalar o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yirik olimlar va ularning asarlari, bu asarlarga berilgan baho, ishlarning ahamiyati kabi juda ko‘p qo‘shimcha materiallar bilan tanishib boradi.


Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari tahlili.
2. Alisher Navoiyning nutq odobi, so‘z qudrati haqidagi qarashlari, “Muhokamatul lug‘atayn” asari tahlili.
3. Zahiriddin Boburning tilshunoslikka oid ishlari
4. Abulg‘oziy Bahodirxonning lingvistik qarashlari.
5. O‘zbek tilshunosligida lug‘atchilik an’analari.
8. O‘zbek tilining fonetik tizimi sohasidagi ishlar tahlili.
9. O‘zbek tilining leksik tizimi sohasidagi ishlar tahlili.
10. O‘zbek tilshunosligida morfologiya, morfemika, so‘z yasalishi bo‘yicha qilingan tadqiqotlar tahlili.
11. O‘zbek tilshunosligida sintaksis bo‘yicha qilingan tadqiqotlar tahlili.
Amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan maxsus ishchi dasturlari, ko‘rsatmalari, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Talabalar bu jarayonda ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini, amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirish orqali ularning bilimlari mustahkamlanadi. Talavbalarga ilmiy maqolalar, tezislarni nashr ettirish, manbalar ustida ishlash, mavzular bo‘yicha qo‘shimcha materiallar izlab topish, har bir yirik olimning tilshunoslik merosi aks etgan bibliografik ko‘rsatkichlar bilan tanishish, shunday bibliografiyalar tuzish tavsiya etiladi.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan amaliy mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling