Namangan davlat universiteti fizik fakulteti


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 269.41 Kb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi269.41 Kb.
#1577723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Abdisamadov Nursaidxon

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini o’zlashtirishga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi.
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborotkommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga komp’yuterli o’qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi.
Pedagogik va innovatsion ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi: Fizikani o`qitishda nazariy olgan ma`lumotlarni amaliyotga tadbiq etish hamda mexanikaga oid mavzularni pedagogic texnologiyalar asosida yoritib berish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • umumiy o’rta ta’lim maktablarida mexanika bo’limini o’qitishning nazariy asoslari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;.

  • mexanika bo’limini o’qitishda pedagogik texnologoyalardan foydalanish usullarini yoritish:

  • mexanika bo’limiga oid mavzularni pedagogok texnologiyalar asosida o’qitishning metodikasi ishlab chiqish.


Download 269.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling