Namangan davlat universiteti fizik fakulteti


Blits-o’yin texnologiyasi


Download 269.41 Kb.
bet14/16
Sana18.06.2023
Hajmi269.41 Kb.
#1577723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abdisamadov Nursaidxon

Blits-o’yin texnologiyasi.
Blits texnologiyasi o'quvchilarni faoliyat ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan fan asosida kerakli ma'lumotlarni tanlab olishga o'rgatadi. O'quvchilar dastlab yakka holda, so'ngra guruh bo'lib topshiriqni bajarishadi.
Darsning tashkiliy qismidan so'ng, o'quvchilarga ushbu texnologiyalarni olib borish bosqichlari haqida tushuncha beriladi va bunda vazifalarni bajarilishida beriladigan vaqtga qat'iy rioya etish kerakligi eslatiladi.
O'quvchilarning har biriga oldindan tayyorlab qo'yilgan tarqatma materiallar tarqatiladi. (Kompyuterdan foydalanib, video proektor orqali ekranga uzatib ham bajarish mumkin.) O'quvchilar materiallar bilan tanishib chiqqandan so'ng, o'qituvchi ularga harakat mazmunida berilgan mavzularning dastur bo'yicha o'tilish ketma-ketligini aniqlash va mos holda raqamlar bilan belgilashni topshiradi. Mazkur tartib raqamlari «yakka baho» uchun ajratilgan kataklarga yozilishi kerakligi tushuntirildi, bu topshiriq uchun (6-10 minut) vaqt beriladi.
O'qituvchi nazoratida topshiriq yakunlangach, guruh (3-5 kishidan iborat) kichik guruhlarga ajratiladi. Buni o'qituvchi raqamlar yoki rasmlar to'plami yordamida amalga oshirish mumkin.
Masalan, guruhda 20 o'quvchi bo'lsa, bir xil rasmdan 4 dan stol ustiga ag'darib qo'yib, bir xil rasm tanlagan o'quvchilardan kichik guruhlarni tashkil qiladi.
Endi yuqoridagi aniqlanishi kerak bo'lgan ketma-ketlikni har bir guruh birgalikda, maslahatlashib bir fikrga kelishi va to'g'ri deb topilgan javob ketma-ketligi «guruh bahosi» uchun ajratilgan katakka qo'yilishi talab qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun ham ma'lum (15-20 min.) vaqt beriladi. Bu vaqt davomida o'qituvchi aylanib guruhlarga ko'rsatmalar berib turadi.
Texnologiyaning keyingi bosqichi o'qituvchining to'g'ri javobni e'lon qilish va shu uchun ajratilgan kataklarni to'ldirishdan iborat bo'ladi.
«To'g'ri javob» va «yakka baho» bo'limlarining kattasidan kichigi ayriladi hamda natija son jadvalining «yakka xato» kataklariga yoziladi.
Shu alfozda keyingi bosqichni «guruh xatosi» bo'limini to'ldirish bilan yakunlanadi.
Xatoliklar hisoblangach, o'qituvchi tomonidan ularga izoh beriladi:
-agar «yakka xato», «guruh xatosi»dan yuqori bo'lsa, u holda o'quvchi guruhning fikrini inobatga olgan va undan to'g'ri xulosa chiqargan bo'ladi;
-agar aksincha bo'lsa, o'quvchi o'z fikrini guruh oldida yetarlicha himoya qila olmaganligi va qat'iyatliroq bo'lishli kerakligi haqida tushuncha berish mumkin.
O'quvchilarni baholash tartibini «xato»liklar yig'indisiga qarab yoki o'quvchilar bahosining to'g'ri javob bilan mosligiga qarab baholash mumkin. Masalan, 13 tadan 7-9 ta mos kelsa «3» va 10-11 ta to'g'ri javobga «4» va 12-13 ta to'g'ri topilgan javob uchun «5» baho qo'yilishi mumkin.
«Blits-o'yin» texnologiyasini qo'llashning yana bir usuli haqida to'xtalamiz. Ushbu usulni qo'llash o'quvchilarning mantiqiy mohiyatini tushunishga o'rgatadi. Blits-o'yin texnologiyasidan foydalanishni «Mexanika bo'limini takrorlash» darslariga tadbiq etish mumkin. Bundan tashqari mexanika bo’limini mavzularini o’tishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.

Download 269.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling