Namangan davlat universiteti fizik fakulteti
Download 269.41 Kb.
|
Abdisamadov Nursaidxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamika
III. Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki, ushbu kurs ishida fizikadagi mexanika bo`limiga oid mavzularni pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish hamda olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, pedagogik metodlar bilan mavzuni o`qitish o`rganildi. Ushbu mavzuni tadqiq qilishda kurs ishidagi rejalar muhimligi shundaki: 1. “Mexanika yo’nalishini fanga kirib kelishi va rivojlanish tendensiyasi” rejasida mexanika bo`limini fizika faniga kirib kelishi hamda uning fizikaga aloqador ma`lumotlar to`liq yoritilgan, shuningdek mexanika bo`limi fizikaning fundametdi desak mubolag`a bo`lmaydi. 2. Shuningdek mavzuning ikkinchi rejasi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mexanika bo’limini o’qitishning nazariy asoslari hamda o’ziga xos xususiyatlari” haqida yoritib ketilgan. Ushbu rejanining mazmuni shundaki, mexanika bo`limini nazariy asoslar bilan o`qitish metodlari hamda nazariy bilimlardan so`ng mavzuni amaliy tartibda tushuntirish hamda qo`llash ko`rsatilgan. Amaliy hamda nazariy bilimlar mexanika bo`limini mustahkamlashda qo`l keladigan usuldir. 3. Mavzuning uchinchi rejasi “Kinematika, dinamika va statikaning asosiy tushunchalar va jismlar harakatini o’rganish” haqida yoritilgan. Kinematika (yun. kinema — harakat) — mexanikaning bir boʻlimi. Jism harakatini vujudga keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan holda jism harakatining geometrik xossalarini oʻrganadi. Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. Statika (grekcha: στατός [ststike] — jismlarning ogirligi va muvozanati haqidagi taʼlimot) — mexanika boʻlimi; jismlarning ularga qoʻyilgan kuchlar taʼsirida muvozanatda boʻlish sharti oʻrganiladi. Quyidagi tushunchalarni yoritishdan maqsad mexanika bo`limida ko`p uchraydigan nazariy ma`lumotlarni kengroq tarzda tushuntirish. 4. Mavzuning to`rtinchi rejasi “Mexanika bo’limini o’qitishda pedagogik texnologoyalardan foydalanish” haqida bo`lib, fizika fanining mexanika bo`limini o`qitish va uni o`quvchilar ongiga amaliy tarzda singdirish uchun turli xil pedagogik metodlardan foydalanilgan. Masalan, “Bumerang” metodi, “aqliy hujum” ma h.k. Quyidagi metodlar mexanika bo`limini nazariy tadbiq qilishda qo`l keladigan sara metodlardir. Yuqoridagi 4 rejani sharhidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkini, mexanika bo`limiga oid mavzularni nazariy hamda amaliy tarzda tushuntirish hamda ularga tabiiy xodisalar bilan misollar keltirib o`rgatish mumkin. Download 269.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling