Namangan davlat universiteti fizik fakulteti


Download 269.41 Kb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi269.41 Kb.
#1577723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abdisamadov Nursaidxon

III. Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki, ushbu kurs ishida fizikadagi mexanika bo`limiga oid mavzularni pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish hamda olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, pedagogik metodlar bilan mavzuni o`qitish o`rganildi.
Ushbu mavzuni tadqiq qilishda kurs ishidagi rejalar muhimligi shundaki:
1. “Mexanika yo’nalishini fanga kirib kelishi va rivojlanish tendensiyasi” rejasida mexanika bo`limini fizika faniga kirib kelishi hamda uning fizikaga aloqador ma`lumotlar to`liq yoritilgan, shuningdek mexanika bo`limi fizikaning fundametdi desak mubolag`a bo`lmaydi.
2. Shuningdek mavzuning ikkinchi rejasi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mexanika bo’limini o’qitishning nazariy asoslari hamda o’ziga xos xususiyatlari” haqida yoritib ketilgan. Ushbu rejanining mazmuni shundaki, mexanika bo`limini nazariy asoslar bilan o`qitish metodlari hamda nazariy bilimlardan so`ng mavzuni amaliy tartibda tushuntirish hamda qo`llash ko`rsatilgan. Amaliy hamda nazariy bilimlar mexanika bo`limini mustahkamlashda qo`l keladigan usuldir.
3. Mavzuning uchinchi rejasi “Kinematika, dinamika va statikaning asosiy tushunchalar va jismlar harakatini o’rganish” haqida yoritilgan.
Kinematika (yun. kinema — harakat) — mexanikaning bir boʻlimi. Jism harakatini vujudga keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan holda jism harakatining geometrik xossalarini oʻrganadi.
Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. 
Statika (grekcha: στατός [ststike] — jismlarning ogirligi va muvozanati haqidagi taʼlimot) — mexanika boʻlimi; jismlarning ularga qoʻyilgan kuchlar taʼsirida muvozanatda boʻlish sharti oʻrganiladi.
Quyidagi tushunchalarni yoritishdan maqsad mexanika bo`limida ko`p uchraydigan nazariy ma`lumotlarni kengroq tarzda tushuntirish.
4. Mavzuning to`rtinchi rejasi “Mexanika bo’limini o’qitishda pedagogik texnologoyalardan foydalanish” haqida bo`lib, fizika fanining mexanika bo`limini o`qitish va uni o`quvchilar ongiga amaliy tarzda singdirish uchun turli xil pedagogik metodlardan foydalanilgan. Masalan, “Bumerang” metodi, “aqliy hujum” ma h.k. Quyidagi metodlar mexanika bo`limini nazariy tadbiq qilishda qo`l keladigan sara metodlardir.
Yuqoridagi 4 rejani sharhidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkini, mexanika bo`limiga oid mavzularni nazariy hamda amaliy tarzda tushuntirish hamda ularga tabiiy xodisalar bilan misollar keltirib o`rgatish mumkin.


Download 269.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling