Namangan davlat universiteti fizik fakulteti
Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusining mazmunini tahlili
Download 269.41 Kb.
|
Abdisamadov Nursaidxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Mexanika bo‘limini o‘qitishda pedagogik texnologoyalardan foydalanish. Mexanika bo’limini o‘qitishda pedagogik texnologiyasi
- Zinama-zina” texnologiyasi.
- BUMERANG” texnologiyasi
Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusining mazmunini tahlili
Fizik bilimlar sistemasida ―Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusi o’z ahamiyatiga ko’ra alohida o’rin tutadi. Bunga fizikaning butun kursi uchun umumiy bo’lgan ”impuls”, ”ish”, ”energiya” kabi tushunchalar o’rganiladi. Shu mavzuning mohiyatida o’quvchilarning ilm olishlari va dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, fizika qonunlarining maxsus ko’rinishi hisoblangan saqlanish qonunlari bilan tanishadilar. Ushbu mavzuni o’rganishning asosiy ilmiylik darajasi shundan iboratki, saqlanish qonunlariga tayangan holda o’quvchilar saqlanish xususiyatlarini yorqin ko’rsatadigan ayrim kattaliklarning mohiyatini tushunishlari lozim bo’ladi. O’rta umumiy ta‘limda (VII sinf) mexanika kursida impuls va energiyaning saqlanish qonunlarini o’rganiladi. Bulardan birinchisi vektor kattalikdir. U yopiq sistemada jismlar o’zaro ta‘sirlashganda ularning har biri impulsi o’zgarganda ham, sistemaning umumiy impuls vektori o’zgarmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. O’zgarmas saqlanadigan kattaliklariga jism impulsidan tashqari skalyar kattalik-energiya ham tegishlidir. Albatta bu mavzular haqida o’quvchida to’g’ri tasavvurni shakllantirish nafaqat mexanika kursi uchun balki, fizikaning barcha kurslarini o’rganishda poydevor bo’lib xizmat qiladi. 4.Mexanika bo‘limini o‘qitishda pedagogik texnologoyalardan foydalanish. Mexanika bo’limini o‘qitishda pedagogik texnologiyasi-bu o’qtuvchi(tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyatmahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Bizga ma’lumki har bitta fanni o’qitishda “Pedagogik texnologiya”lardan to’g’ri foydalanish muhim ahamyat kasb etadi. “Pedagogik texnologiya”lardan to’g’ri foydalanish nafaqat fanni tushuntirishda balki, o’quvchi kelajakda o’z yo’lini topishida, shaxs bo’lib shakllanishida ham muhim o’rin tutadi. Shuning uchun “Pedagogik texnologiya”lar faqat ilmiy bo’libgina qolmay, o’quvchini ongini rivojlantirishga va tarbiyalashga xizmat qiladi. “Pedagogik texnologiya”lar o’ziga xos potensial yaratilgan pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. “Pedagogik texologiya” o’qituvchi va o’quvchilarga zarur sharoit yaratish orqali o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o’tkazish bo’yicha pedagogik faoliyatini har tomonlama o’ylaydigan modeldir. Pedagogik maqsadlarga erishishda shahsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalardan amalda bo’lishlining tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi. Shunday ekan mexanika bo’limini o’qitishda ham bir qancha “Pedagogik texnologiya”lardan foydalaniladi: “Zinama-zina” texnologiyasi. Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot o`quvchilarni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu texnologiya o`quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish. Texnologiyaning qo’llanishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanilishi mumkin. Mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: -o’qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo’lgani ma’qul); -o’quvchilar mashg’ulotning maqsadi va uning o’tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi.Har bir guruhga qog’ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo’lgan varaqlar tarqatiladi; -o’qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog’ozdagi bo’sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; -guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko’rinishida ifoda etadilar.Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi. -tarqatma materiallar to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi.Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, auditoriya(sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi; -O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg’ulotni yakunlaydi. Izoh: o’quv mashg’ulotining bunday tashkil etilishi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’tilgan va o’zlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma(yoki rasm, chizma ko’rinishida) bayon etishga, fikrlarni umumlashtirishga o’rgatadi. “BUMERANG” texnologiyasi — bu texnologiya o’quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’lish hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Maqsad-o’quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda o’quv jarayoni mobaynida har bir o’quvchi tomonidan o’z baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Texnologiyaning qo’llanishi- amaliy mashg’ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg’ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin. Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar. O’quvchi dars jarayonida mustaqil o’qishlari, o’rganishlari va o’zlashtirib olishlari uchun mo’ljallangan tarqatma materiallar (o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi: -o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; -o’quvchilar dars (mashg’ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; -o’quvchilarga mustaqil o’rganish uchun mavzu bo’yicha matnlar tarqatiladi; -berilgan matnlar o’quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o’rganiladi; -har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; -yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o’rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so’zlab beradilar, matnni o’zlashtirib olishlarishga erishadilar; -berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o’tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; -yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; -darsning qolgan jarayonida o’quvchilar bilimlarini baholash yoki to’plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi; -o’quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o’qituvchi o’quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og’zaki so’rov o’tkazadilar; -har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan holda bittadan savol tuziladi; -guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar bo’yicha ballarni hisoblab boradilar); -guruh a’zolari tomonidan to’plangan umumiy ballar yig’indisi asosida g’olib guruh aniqlanadi. Download 269.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling