О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI, FIZIKA FAKULTETI
AXBOROT XATI
“Yarimо‘tkazgichlar fizikasi va ular asosidagi qurilmalarning zamonaviy
muammolari”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Anjumanini о‘tkazish uchun asos bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari
va boshqa manbalar:
1. “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
tо‘g‘risida” (О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi PF-
6097-son Farmoni)
2. “О‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya
va ilm-fan
sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” (О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni)
3. “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish
va ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”, (О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarori).
binoan Namangan davlat universiteti Fizika fakultetining tashabbusi bilan
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
universiteti, 2023-yil 12-aprel kuni “Yarimо‘tkazgichlar fizikasi va ular
asosidagi qurilmalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi
II Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.
Mazkur Respublika konferensiyasida maqola bilan (muallif) hamda
maqolasiz (kuzatuvchi) shaklida ishtirok etish mumkin.
Har ikkala shaklda ham
barcha ishtirokchilarga konferensiya tashkilotchilarining sertifikati taqdim etiladi.
Mualliflar uchun ma’lumot:
Ilmiy-amaliy konferensiya oflayn va onlayn shaklda tashkil etiladi,
konferensiya materiallari tо‘plami elektron shaklda muallliflarga
taqdim etiladi
hamda maqola mualliflariga sertifikat beriladi. Konferensiyaga yuborilgan maqola
va tezislar tahrir hay’ati tomonidan kо‘rib chiqiladi va tahrirdan о‘tmagan
materiallar tо‘plamga kiritilmaydi. Konferensiyada ta’lim
tizimida faoliyat olib
borayotgan professor-о‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talaba-
yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur respublika ilmiy-amaliy anjumanda qо‘yidagi muammolar
muhokama qilinadi:
Yarimо‘tkazgichlarda fotoelektik xodisalar.
Yarimо‘tkazgich asosidagi yangi turdagi muqobil energiya manbalari.
Yarimо‘tkazgich asosidagi nano о‘lchamli qurilmalar xossalari.
Zamonviy ta’limda fizika va astronomiya о‘qitish muammolari.
Maqolani rasmiylashtirish talablari:
- Maqola va tezislar matni MSOffice dasturining Word muharririda qabul qilinadi;
- Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, о‘ngdan 2 sm hoshiyaga ega bо‘lishi
kerak;
- 14 kegel kattalik о‘lchamida, 1,5 intervalda bо‘lishi va 3 betdan kam 6 betdan koʻp
boʻlmasligi lozim;
- Mavzuning nomi katta harflar bilan beriladi, keyingi qatorda muallifning ismi va
familiyasi, ish joyi,
lavozimi, ilmiy daraja va unvoni hamda elektron pochtasi
kо‘rsatiladi;
- maqola о‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Eslatma:
-
maqola va tezislar 2023-yilning 10-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) qabul
qilinadi;
- Maqola (muallif) uchun tо‘lov talab qilinmaydi.
- Maqolalar @AUzbekistonK telegram orqali qabul qilinadi.
Rо‘yxatga olish uchun mas’ul: Karimov Abduraxmon
Murojaat uchun telefon: +998 94 309 59 50