Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Keramik kompozision materiallarning komponentlarini tanlash


Download 0.8 Mb.
bet25/37
Sana05.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#213532
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
kompozision materiallarning strukturaviy tadqiq etish usullarini organish

Keramik kompozision materiallarning komponentlarini tanlash.

Dastlabki homashyoni 3 guruhga bo’lish mumkin:

Barcha-keng harorat doirasida bir-biri bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadiganlar;

yuqori haroratda reaksiyaga kirishuvchilar;

kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi;

Keramik kompozitsion materiallarning puhtaligi har bir komponentning hossalari va ularning kimyoviy birlashishiga bog’liq.Masalan, matritsali keramikali, to’ldirgichi metalldan bo’lgan keramik kompozision materiallarning puhtaligi agar 3-4% hajimda keramika va metal orasidagi kimyoviy bog’liqlikni oshiradigan modda qo’shilsa, 3-4marta ortadi.Bu modda karbidlar bo’lishi mumkin.Komponentlarni qizdirib, qolipda bosim ostida ishlash(“спекание”)harorati iloji boricha bir-biriga yaqin bo’lishi lozim.”Спекание”ni aktivlashtirish uchun qo’shimcha kiritiladi, bunda suyuq faza hosil qilib, uni tezlatadi. Masalan,Ti;TiO2; Zr.Keramik kompozision materiallar uchun yana bir hususiyat-komponentlar bir-birlarini yaxshi ho’llashi lozim. Keramik kompozision materiallar komponentlarini tanlashda ularning teplofizik hossalarini ham hisobga olish kerak. Agar sinchlovchi materialning issiqdan kengayishi koeffisienti matritsa materialini issiqdan kengayish koeffisientidan kichik bo’lgan; sinch cho’zilib, ichki kuchlanish hosil bo’lib, ichida darz ketishi mumkin. Agar sinch koeffisienti katta bo’lsa, matritsa koeffisientiga nisbatan, u holda qisish kuchlanishi hosil bo’ladi va keramik kompozision materiallarning puxtaligi ortadi. Keramik kompozision materiallarning istiqbolli yo’nalishlaridan biri evtektik metal-oksid tizimi hisoblanadi. Metallokeramika bu erda sinch evtetika yo’naltiriib kristallizatsiya qilingan. Evtetik keramik kompozision materiallar yuqori haroratda dispers keramik kompozision materiallarga nisbatan ancha turg’un bo’ladi. Dispers va qatlama keramik kompozision materiallar izotrop va buzilish mehanizmi keramika materiali buzilishiga o’xshaydi. Sinchlangan keramik kompozision materiallar puxtaligi yuqori va buzilishi mehanizmi boshqacha. Tolalar kuchlarning bo’linishini ta’minlydi, matrisadagi darzlarning yo’nalishini aniqlaydi.




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling