Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 0.8 Mb.
bet11/37
Sana05.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#213532
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
kompozision materiallarning strukturaviy tadqiq etish usullarini organish

Harakati va uzluksizlik sharti.

Ideal suyuqlikning harakatini ikki hil usul bilan tekshirish asosida harakat qonuniyatlarini aniqlash mumkin.

Birinchi usul: Suyuqlikning aloxida zarracha harakatini kuzatish asosida vaqtning har bir momentida bu zarrachaning o’rnini va tezligini, shu bilan suyuqlik barcha zarrachalarining traektoriyalarini ham aniqlash mumkin. Lekin juda qulay bo’lgan ikkinchi usulda, suyuqlik zarrachalarini kuzatmasdan fazaning alohida nuqtalarini kuzatib, shu nuqtalardan suyuqlik zarrachalari qanday tezlik bilan o’tayotganini qayd qilib borish yo’li bilan suyuqlik harakatining qonuniyatlarini tushuntirish mumkin. Bu usulga Eyler usuli deyiladi. Agar fazoning bitta nuqtasi emas, balik har hil nuqtalari kuzatilib, vaqt qayt qilinsa, suyuqlik tezliklari taqsimotining oniy manzarasi-tezliklari maydoni hosil bo’ladi. Suyuqlikning tezlik maydoni oqim chiziqlari deb ataluvchi chiziqlar bilan tasvirlanadi. Oqim chiziqlari deb, shunday egri chiziqlarga aytiladiki, uning har bir nuqtasida tezlik vektori ῡ urunma ravishda yo’nalgan bo’ladi. Oqim chiziqlari yordamida tezlik yo’nalishinigina emas, uning qiymatini ham ifodalsh mumkin. Suyuqlik oqim yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan birlik yuzadan o’tgan oqim chiziqlarining sonini, ya’ni oqim chiziqlarining sirt zichligi suyuqlik zarracha tezligiga proporsional bo’ladi. Demak, oqim chiziqlarining sirt zichliklari qancha katta bo’lsa, tezliklari maydoni shuncha kuchli, ya’ni suyuqlik zarracha tezligi shuncha katta bo’ladi.

Eyler usuliga binoan ixtiyoriy harakatda suyuqlikning har bir nuqtadagi tezligi fazo nuqtasining koordinatalari va vaqtga bog’liq bo’ladi.




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling