Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 0.8 Mb.
bet2/37
Sana05.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#213532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
kompozision materiallarning strukturaviy tadqiq etish usullarini organish

Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy texnologiyani rivojlanishi materiallarni texnikada ishlatish, undan samarali foydalanish va ularning xossalariga bo’lgan talablarni kuchaytirdi. Zamonaviy texnologiyalar qatorida turgan kosmonavtika, yadro texnologiyasi va aviatsiya soxasidagi muammolar va ularning yechimlari konstruksiyaga qo’llanilgan material ishonchliligiga bog’liq bo’lib qolayotganligi xech kimga sir emas. Shuni xisobga olgan xolda zamonavi kompozision materiallar yaratish usullari komponentlarning xossalaridan kelib chiqib mustaxkam, chidamli kompozision materiallar ishlab chiqarish bugungi kundagi ishlab chiqaruvchilar va injenerlar oldiga qo’yilayotgan asosiy vazifalardandir. Muammoning yechimi esa uzoq muddat o’zining ishchi xolatini saqlab tura oladigan, tashqi defarmatsiya, ichki energiya yig’ilishlariga bardosh bera oladigan kompozision materiallar tayorlashdan iborat. Metall va uning qotishmalarni maxsus xossalarini bera oladigan metalmas kukun va kalta tolali materiallardan tashkil topgan kompozitsion materiallar asosida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar tannarxining kamayishi va mustaxkamlig ni sezilarli ravishda oshganligi soxani to’laqonli o’rganishga va tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo’lmoqda.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Kompozitsion materiallarni o’rganishga bag’ishlangan ko’plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Kompozitsion materiyallarni asosan kukun metallurgiyasi usulida olinadi. Kompozitsion materiyallarning asosiy jihatlaridan biri, komponentalarning bir xil taqsimlanishi ya’ni aralashishi bir tekisda almashinib, qavatma-qavat taqsimlanib tahlab olinadi.

Kompozitsion materyalar kompleks xossalarni o’zida jamlovchi va ikki yoki undan ortiq komponent fazalardan tashkil topuvchi materyal hisoblanib, bu holatda komponent tashkil etuvchilardan har bir o’ziga xos tafsiflarni o’zida saqlaydi. Masalan bugungi kunda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlar, qo’l va oyoq protezlari tayorlashda qo’llaniladi. Hozirgi zamonda fan-texnika rivojlanib borayotgan davrda kompozitsiyalar ko’proq samolyotsozlik va kosmik kemasozlikda keng qo’llaniladi. Chunki bu soxada materialning solishtirma mustahkamligi muhim ahamiyatga ega. Bunday materiallar mashinasozlkda, kimyo sanoati va boshqa soxalarda ham ko’plab ishlatiladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling