Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.5 Mb.
bet1/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1143790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari




Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Yurak-qon tomir tizimini tekshirish
2.2.Anamnez ma’lumotlarini to‘plash
2.3.Yurakni auskultatsiya usuli bilan tekshirish
2.4.Yurak shovqinlari, ularning hosil bo‘lishi va tasniflanishi Yurak nuqsonlari
to ‘g ‘risida tushuncha
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


2.1.Yurak-qon tomir tizimini tekshirish
Tirik ichki a’zolarda kechadigan hamma jarayonlar, ichki a’zolarning o‘sishi va rivojlanishi, har bir a’zo, har bir to‘qimaga to‘xtovsiz kelib turgan energetik va plastik moddalarga, modda almashinishi natijasida hosil bo‘ladigan keraksiz, zaharli modda- larning o‘z vaqtida ichki a’zolardan chiqarilishiga bog‘liq. Ichki a’zolar uchun eng kerakli bo‘lgan bu vazifani yurak-qon tomir tizimi bajaradi.Qon tomirlar va limfa tizimi o‘zining qalin kapillar tomirlari bilan ichki a’zolarning hamma. joyini qoplab olib, barcha hujayra va to‘qimalar bilan aloqada bo‘lib, ichki a’zolarning morfologik va funksional bir butunligini ta’minlaydi.Yurak-qon tomir tizimi bo‘shliqlar va tomirlardan tashkil topgan yopiq tizim bo‘lib, bu tizim orqali hayvonlar ichki a’zolarida qon va limfa suyuqliklarining harakati amalga oshiriladi. Shuning uchun yurak-qon tomir tizimi ichki a’zolardagi eng muhim tizimlardan biridir. Bu tizim ikki qismdan iborat: 1. Yurak — mushaklardan tuzilgan kovak yaxlit a’zo bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat. Yurak o‘rtadagi to‘siq bilan o‘ng va chap qismlarga, ko‘ndalang to‘siq bilan yurak bo‘lmachalari va yurak qorinchalariga bo‘linadi. Bo‘lmachalar va qorinchalar o‘rtasida tavaqali klapanlar bilan ta’minlangan atrioventrikular teshikchalar bor. Shunday qilib, yurakda to‘rtta bo‘shliq mavjud.
Chap atrioventrikular teshikchada ikki tavaqali, o‘ng atrio­ ventrikular teshikchada uch tavaqali klapanlar bo‘ladi. Bu tavaqali klapanlar qorincha tomoniga ochiladi. Qorinchalar tomonidan ushlab turadigan nay ipchalar klapanlari: yurak bo‘lmalari tomoniga ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chap qorinchadan aorta, o‘ng qorin- chadan o‘pka arteriyasi boshlanadi. Bu tomirlarning qorinchalardan chiqish joyida cho‘ntakchalar shaklini eslatadigan yarimoysimon uchta klapan joylashgan, bu klapanlar tomirlar tomoniga ochiladi.Yurak mushagi ko‘ndalang-targ‘il mushaklar qatoriga kiradi, ammo yurak mushagining tolalari o‘zaro maxsus protoplazmatik ko‘prik-chalar yordamida tutashib, chirmashib ketgan. Bo‘lmalarning mushagi qorinchalarning mushagidan maxsus pay halqa yordamida ajralgan bo‘lib, yurak bo‘lmasiga quyilish joyida halqasimon mushaklardan tashkil topgan sfinktrsimon tuzilmalar mavjud. 2. Qon tomirlar. Yurakdan chiqadigan qon tomirlarga arteriyalar, yurakka quyiladigan tomirlarga venalar deyiladi. Arteriya qon tomirlari ichi silliq bo‘ladi.Vena qon tomirlari ichida xaltalari bo‘ladi. Arteriya va vena qon tomirlarini kapillarlar birlashtiradi. Qon ichki a’zolarda ikki qon aylanish doirasi orqali harakat qiladi: 1. Kichik qon aylanish doirasi — yurakning o‘ng qorinchasidan chiqadigan o‘pka arteriyasi bilan boshlanib, o‘pkaga tarqalib, yurakning chap bo‘lmachasiga quyiladigan o‘pka venasi bilan tugaydi. O‘ng yurak qorinchasidan o‘pka arteriyasiga chiqariladigan qon — venoz qondir. Bu qon o‘pka arteriyasi orqali o‘pkaga oqib boradi. O‘pka arteriyasi mayda-mayda tomirlarga bo‘linib, o‘pka alveolalari devorlarida kapillar tomirlar to‘rini hosil qiladi. Bu yerda alveolalar va kapillarlar devori orqali qon bilan alveola havosi o‘rtasida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. 2. Katta qon aylanish doirasi — yurakning chap qorinchasidan chiqadigan aorta bilan boshlanib, ichki a’zolarning hamma. joyiga tarqalib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyiladigan ikkita kovak vena bilan tugaydi. Chap qorinchadan aortaga haydab chiqariladigan qon kislorodga boy bo‘lgan arterial qondir. Aorta tananing turli qismlarida turlicha shoxlanib, katta, o‘rta va kichik arteriya qon tomirlariga bo‘linib, kichik arteriyalar arteriolalarga, ular esa kapil- lar qon tomirlariga tarmoqlanadi. Kapillar qon tomirlari ichki a’zolarda mavjud bo‘lgan barcha to‘qima va hujayralarni arteriya qoni bilan ta’minlaydi.Kapillar qon tomirlari devori orqali qondan kislorod va turli oziqa moddalari hujayralar oqibatida hosil bo‘lgan turli chiqindi, keraksiz moddalar va karbonat angidrid gazi kapillar qon tomirlari devori orqali qonga so‘riladi. Kapillarlardan venulalar, kichik diametrli va katta diametrli vena qon tomirlari hosil bo‘lib, ichki a’zolardagi hamma. vena qon tomirlari ikkita eng katta diametrli venaga — oldingi va keyingi kovak venalarga aylanib, yurakningo‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Demak, har ikkala qon aylanish doirasi ham yurakdan boshlanib, yurakda tugaydi.Yurak-qon tomir tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Ichki a’zolarda modda almashinuvini ta’minlaydi. Modda almashinishi uchun kerak bo‘ladigan moddalar ichakdan, kislorod o‘pkadan qonga o‘tadi va to‘qimalarga olib boriladi. Modda alma­ shinishi natijasida hosil bo‘ladigan keraksiz moddalar hujayralardan olinib, ayiruv a’zolariga beriladi. 2. Ichki a’zolarni gumoral boshqarish. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan gormonlar qonga o‘tadi va qon orqali tegishli a’zolarga borib, ularning ishini boshqaradi. 3. Termoregulatsiya — qon hamma a’zolardan o‘tib, ortiqcha issiqlikni oladi va kerakli joylarga beradi. Shu vazifasi bilan hamma. vaqt ichki a’zolarning hamma. joyida haroratning bir me’yordaligini ta’minlaydi. 4. Himoya — buni qon tarkibidagi leykotsitlar, lizotsim, antitelolar bajaradi. 5. Mexanik — bo‘shliqli a’zolar (yurak, jinsiy a’zo) qonga to‘lmasa, o‘z vazifasini bajara olmaydi.
Yurak va tomirlar ishi markaziy nerv tizimi va avtomatizm holida boshqariladi. Simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alsa, yurak ishi tezlashadi, parasimpatik nerv tizimi qo‘zg‘alsa — sekinlashadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling